Kontent qismiga oʻtish

Regata

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Regata (ital. regata — qator, saf) — eshkakli, yelkanli yoki motorli qayiqlarda turkum poygalardan iborat sport musobaqalari. Turli klass kemalari uchun turkum poygalar tashkil qilinadi (Mas, olimpiada yelkanli R.si — 7 ta poygadan iborat). Baʼzan suvmotorli sporti musobakalari ham R. deb ataladi. Har bir kemaga poygani toʻgʻri tamomlaganligi uchun ochkolar beriladi. Poygada eng kam ochko tuplagan kema gʻolib hisoblanadi.

Oʻzbekiston yelkanli kema sporti federatsiyasi (1974-yil tashkil kilingan) respublika birinchiligini oʻtkazadi, xalqaro musobaqalarni ham tashkil etadi. Sportchilarimiz Toshkent viloyatining Chorvoq suv ombori va Navoiy suv havzasida oʻz mashgʻulotlarini oʻtkazadilar (yana qarang Yelkanli kema sporti).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil