Kontent qismiga oʻtish

Regina Pokorná

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Regina Theissl Pokorná (née Pokorná ; 1982-yil 18-yanvarda tugʻilgan) — slovak — avstriyalik ayol shaxmatchi, ayol grossmeyster (WGM) unvoniga ega.

Regina Pokorná

Regina Pokorná 2008-yil Germaniyada bo`lib o`tgan 38-shaxmat olimpiadasida
Mamlakat Slovakiya bayrogʻi Slovakiya
Avstriya bayrogʻi Avstriya
Tugʻilishi 18-yanvar 1982-yil (1982-01-18) (42 yosh)
Chexoslovakiya
Saravha Ayol grossmeyster
FIDE reyting [1] (fevral 2024)
Yuqori reytingi 2429 (iyul 2003-yil)

Shaxmatdagi faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Pokornani grossmeyster Yan Plachetka tayyorlagan. Pokorna 1992-yilda 10 yoshgacha boʻlgan qizlar oʻrtasida Yevropa chempionatida gʻolib boʻlgan. Shuningdek, U 1996, 1997 va 1999-yillarda 18 yoshgacha boʻlgan Slovakiya qizlari chempionligini qoʻlga kiritgan.[1] Bundan tashqari, 1999-yilda Gretsiyaning Patras shahrida shaxmat boʻyicha oʻsmir qizlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatida ham gʻoliblik shoxsupasiga koʻtarildi.[1] 2000-yilda u FIDEda shaxmat boʻyicha ayollar oʻrtasidagi Jahon kubogida ishtirok etdi.

Pokorna 1998-yildan 2012-yilgacha ayollar oʻrtasida oʻtkazilgan sakkizta shaxmat Olimpiadasida Slovakiya shaʼnini himoya qilgan. Uning eng yaxshi natijasi 2006-yilda Turinda boʻlib oʻtgan 37-shaxmat Olimpiadasida boʻlib, u yerda 7/10 ball toʻpladi va 3-taxta oʻyinchilari orasida sakkizinchi oʻrinni egalladi.[2]

Regina 1997-yildan 2001-yilgacha Ayollar oʻrtasidagi uchta Yevropa jamoaviy shaxmat chempionatida Slovakiya sharafini himoya qilgan va 1999-yilda Batumida jamoaviy oltin medal va shaxsiy bronza medalini qoʻlga kiritgan.[3]

2009-yilda Pokorna ayollar shaxmati boʻyicha Slovakiya chempionatida gʻolib boʻldi.[4] Shuningdek, u kuchli ayollar shaxmat turnirlarida, jumladan, 2001, 2002, 2005 va 2009-yillarda Riyekadagi Oʻrta yer dengizi gullari turnirlarida,[1] Jakartada 2007-yilda oʻtkazilgan EWS kubogida,[5] muvaffaqiyatli ishtirok etib gʻoliblikni qoʻlga kiritgan. U yana 2008-yilgi Vrbnikdagi Oltin orol turnirida ham ishtirok etgan.[6][7]

2015-yilda u Avstriya nufuzini himoya qilish uchun oʻz federatsiyasini alishtirdi.[8]

Shaxsiy hayoti

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Uning singlisi Renata Pokorna ham FIDE reytingida shaxmatchi hisoblanadi.

Uning surati 2010-yilda Chadda chiqarilgan „Shaxmat ustalari“ deb nomlangan yetakchi ayol shaxmatchilar tasvirlangan toʻrtta pochta markasi varagʻida foydalanilgan.[9]

Mashhur oʻyinlar

[tahrir | manbasini tahrirlash]
  1. 1,0 1,1 1,2 Big Database 2013, ChessBase GmbH
  2. Bartelski. „OlimpBase :: Women's Chess Olympiads :: Regina Pokorná“. www.olimpbase.org. Qaraldi: 4-noyabr 2016-yil.
  3. Regina Pokorná European Womenʼs Team Championship results, www.olimpbase.org
  4. GM Martin Mrva získal double! (Wayback Machine saytida 26-noyabr 2013-yil sanasida arxivlangan), www.sachnaorave.sk (Wayback Machine saytida 3-dekabr 2013-yil sanasida arxivlangan) (Slovak)
  5. Electric Woman Stars Brainy Beauties Anastasiya Karlovich, www.chessbase.com
  6. Krk Women Chess Tournament (Wayback Machine saytida 9-aprel 2018-yil sanasida arxivlangan), www.chessdom.com
  7. Regina Pokorna Theissl Individual Calculations, ratings.fide.com
  8. Player transfers in 2015 FIDE
  9. Chad 2010: „Chess Masters“, www.marlen-stamps.com