Kontent qismiga oʻtish

Reinaldo Rueda

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

 

Reinaldo Rueda Rivera- 1957-yil 16-aprelda tugʻilgan ,kolumbiyalik futbol murabbiyi.

U Kolumbiya 20 yoshlilar terma jamoasi murabbiyi bo'lgan. Ular 2003-yilgi FIFA yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida 3-o'rinni egalladi. Shuningdek , u Kolumbiyani 2003-yilgi FIFA U-17 Jahon chempionatida 4-o'ringa olib chiqdi.

2006-yilgi Jahon chempionati saralash bosqichida muvaffaqiyatsizlikdan so'ng (5 o'yindan keyin atigi 1 ochko) Kolumbiya futbol federatsiyasi Rueda kattalar jamoasiga murabbiy qilib tayinladi. Uning qo'l ostida jamoa yaxshilandi. Saralashdan o'ta olmagan bo'lsa-da, oxirgidan 6-o'ringacha yetib keldi. Keyin u Hondurasga ko'chib o'tdi va ularning terma jamoasini 2010-yilgi FIFA Jahon chempionatiga olib chiqdi.

Rueda Kalida tug'ilgan. U Germaniyaning "Deutsche Sporthochschule Köln" universitetida magistrlik darajasini tamomlagan. Nemis tilini mukammal o`rganib, universitet professori va Kolumbiya milliy murabbiylar maktabida bir nechta kurslarni o'qigan. U o'qishni Yevropada davom ettirdi, FIFA va UEFA murabbiylik kurslarida qatnashdi.

Menejerlik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Kolumbiya terma jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rueda Kolumbiya murabbiyi sifatida U-17, U-20, U-21, U-23 va milliy terma jamoalarini boshqargan. Rueda 2000 va 2001-yillarda Kolumbiya U-21 bilan Fransiyadagi "Tulon" turnirida so‘nggi saralash bosqichlarini o‘tkazgan. Birinchi turnirda, Rueda davrida Kolumbiya-Irlandiya Respublikasi (1:0), Gana (4:1) va Kot-d'Ivuar (3:1) termalarini mag'lub etdi. 3-iyun kuni Portugaliyaga qarshi finalda Kolumbiya penaltilar seriyasida chempionlikni qo‘lga kiritgan(3–1).

2003-yilda Urugvayda bo'lib o'tgan Janubiy Amerika U-20 turnirida Reynaldo Rueda o'z jamoasini 10 yillik tanaffusdan so'ng FIFA U-20 Jahon chempionatiga yo'llanmani qo`lga kiritdi. Muvaffaqiyatlari uni 2006-yilgi futbol bo'yicha Jahon chempionatiga chiqish vazifasi uchun kattalar jamoasining murabbiyiga aylantirdi. Biroq ,omadsizlikka uchrab Rueda ikki yillik boshqaruvdan so'ng ishdan bo'shatildi.

Gonduras terma jamoasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Shaxsiy hayot

[tahrir | manbasini tahrirlash]

2011-yilda Rueda Gonduras fuqarosi sifatida qabul qilindi. [1]

Boshqaruv statistikasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]
match played 29 March 2022
Managerial record by team and tenure
Team From To Record
P W D L Win %
Colombia U-20 July 1992 June 1993 9 3 3 3 033
Cortuluá 1994 1997 124 32 43 49 026
Deportivo Cali 1997 1999 63 28 15 20 044
Colombia U-20 1999 2002 12 6 4 2 0100
Colombia January 2002 June 2002 3 1 1 1 033
Independiente Medellín 2002 2002 10 3 3 4 00
Colombia U-20 July 2003 June 2004 19 10 4 5 053
Colombia February 2004 September 2006 43 18 13 12 042
Honduras January 2007 July 2010 53 31 5 17 058
Ecuador August 2010 June 2014 50 19 17 14 00
Atlético Nacional June 2015 June 2017 147 85 39 23 058
Flamengo August 2017 January 2018 31 13 10 8 042
Chile January 2018 January 2021 27 9 8 10 033
Colombia January 2021 March 2022 22 7 10 5 032
Total 613 265 175 173 043
  1. La Prensa, Newspaper. „Rueda got his honduran citizenship“. Laprensa.hn. LaPrensa.hn (2010-yil 21-aprel). Qaraldi: 2016-yil 30-iyul.