Kontent qismiga oʻtish

Rejodi-kalabriya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rejodi-kalabriya — Italiyaning jan. qismidagi shahar. RejodiKalabriya provinsiyasining maʼmuriy markazi. Aholisi 179,4 ming kishi (2001). Transport yoʻllarining muhim tuguni. Messina boʻgʻozi sohilidagi port. Messina sh. (Sitsiliya o.)ga temir yoʻl paromi qatnaydi. Oziq-ovqat, yogʻochsozlik sanoati rivojlangan. Vagonsozlik korxonalari mavjud. Sitrus essensiyalari, xushboʻy moylar ishlab chiqariladi. Baliq ovlanadi. Universitet, geofizika rasadxonasi, milliy muzey bor. Shaharga mil. av. 720 yilda asos solingan. Yunonlar ibodatxonasi qoldiqlari (mil. av. 4-asr) saqlangan. Turizm rivojlangan. Tez-tez zilzila boʻlib turadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil