Rektifikatsiya
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Rektifikatsiya (lotincha: rectus — „oddiy“) — suyuq aralashma komponentlarini rektifikatsion kolonnalarda haydash usulida ajratish. Rektifikatsiya muvozanatda boʻlmagan (suyuq va bugʻ) fazalar orasida issiklik va moddalarning diffuzion almashinishiga asoslangan. Rektifikatsiya qaynash tralari yaqin boʻlgan suyukliklar aralashmalarini ajratish zaruriyati boʻlganda qoʻllanadi. Rektifikatsion kolonnada koʻp toʻsikdar boʻlib, unda suyuq aralashma bugʻlari kondensatlanadi va pastdan chiqayotgan bugʻning yangi qismi koʻp marta uchrashadi. Kolonna qarshi oqim prinsipida ishlaydi. Yuqoriga koʻtarilayotgan bugʻ uchuvchi komponent bilan uzluksiz boyib turadi. Bunda bugʻ qaynash temperaturasi past boʻlgan komponent bilan boyib, uning qaynash temperaturasi pasayib boradi. Suyuqlik esa qaynash temperaturasi yuqori boʻlgan komponentlar bilan boyib, uning kaynash temperaturasi yuqorilashaveradi. Bu jarayon to muvozanat holat bunyod boʻlguncha davom etadi, lekin kolonnadan sovitkichlar sistemasi orqali bugʻ fazasi kondensatlab ajratib olinishi bilan muvozanat yana buziladi va bu jarayon to toza komponentlar yoki kerakli komponentlar fraksiyasi toʻliq ajratib olingunicha uzluksiz davom etaveradi. Rektifikatsiya suyuq hamda suyultirilgan gaz aralashmalarini ajratish uchun qoʻllanadi. Rektifikatsiya jarayonining temperatura oraligʻi (diapazoni) nihoyatda keng: 1000° (toza Zn, Pb, Cd kabi metallarni ajratishda) va 0° (havo, vodorod izotoplari kabi gazlarni ajratishda). Rektifikatsiya jarayonining ishchi bosimi oʻnlab atmosferadan (etanpropilen aralashmasi uchun), to bir necha mm simob ustuni (yuqori yogʻ kislotalari rektifikatsiyasi) atrofida boʻladi. Davriy va uzluksiz rektifikatsiya mavjud. Davriy rektifikatsiyada barcha suyuqlik kolonna kubiga bir vaqtda solinadi. Rektifikatsiya jarayonida distillat ajratib turilsa, suyuklik tarkibida past trada qaynaydigan komponent kamayib boradi. Uzluksiz rektifikatsiyada sistemaga doimiy tarzda haydaluvchi suyuqlik qoʻshib boriladi. Rektifikatsiya kolonnalarining samaraligi, ularning uzunligi, diametri, suyuklik bilan bugʻ orasidagi kontakt vaqti bilan aniqlanadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |