Kontent qismiga oʻtish

Relaksatsiya

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Relaksatsiya (lot. relaxatio — kuchsizlanish) — termodinamik muvozanat holatidan chiqarilgan makroskopik tizimning oʻz-oʻzidan avvalgi holatiga qaytish jarayoni. Tizimning muvozanat holatiga oʻtish jarayoni maʼlum tezlikda sodir boʻlib, bu tezlik faqat termodinamik parametrlar (bosim, temperatura va boshqalar)gagina emas, tizimning mikroskopik harakteristikalariga, xususan, tizimni tashkil etuvchi zarralarning oʻzaro taʼsirlashishlariga ham bogʻliqdir. Oʻzaro taʼsirlashish koʻp jihatdan zarralarning erkin yugurish yoʻli va erkin yugurish vaqtiga bogʻliq. Hamma R. jarayonlar muvozanatsiz jarayonlardan iborat boʻlib, entropiyaning ortib borishi kuzatiladi va kinetika bu jarayonlarni toʻla oʻrganadi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil