Reminissensiya
Qiyofa
Reminissensiya (lotincha: Reminiscentia — eslash) (psixologiyada) — eses xotirlash; inson ilgari hayotda uchratib oʻrgangan narsa va hodisalarni, fikrlar, soʻzlar, voqealarni tusmollab eslashi. Bunda eslashning toʻlikligi, anikligi xotiraning individual xususiyatlariga, materialni esda olib qolingan yoki yodlangan paytdan keyin utgan vaqtga, materialning mazmuniga, insonning psixik holati va yoshiga, shuningdek, boshqa omillarga bogʻliq boʻladi.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |