Rene Alen
Qiyofa
Rene Alen (1922.3.6, Vann) — fransuz kinorejissori. "Yangi toʻlqin" (fransuz kinosidagi oqim) vakili. Oliy kino maʼlumot institutida oʻqigan. Kinopublitsistikaning fashizmga qarshi oliy namunasi boʻlgan "Gernika", "Tun va tuman" nomli hujjatli filmlarni yaratdi. "Xirosima, muhabbatim mening", "Urush tugadi", "Oʻtgan yili Mariyenbadda", "Uyga ketishni xohlayman" singari badiiy filmlari 6n shuhrat qozongan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |