Rene Teofil Giast Laennek
[1]Rene Teolit Giast Laennek (1781-1826) fransuz shifokori va anatomi , Sharite universiteti professori va kafedra mudiri.1816-yilda Laennek stetoskopni kashf etib, bemorlarni eshitib koʻrishni yangi usulini amaliyotga tatbiq qildi. uning oʻzi tibbiyotdagi oʻz zamonasining ushbu kashfiyotini quyidagicha yozgan: meni yurak kasalligini belgilari boʻlgan semizlik va yosh ayolligi tufayli qoʻlni yoki quloqni yurak sohasiga qoʻyib eshitish imkoniyati boʻlmagan bemorni koʻrishga taklif etishdi. Shunda avvaldan mavjud boʻlgan akustik uslu yodimga keldi. Odatda quloqning choʻpning bir uchiga qoʻyib ikkinchi tomoniga nina bilan tegilsa, ovoz juda yaxshi eshitiladi. Men bir varoq qogʻozni olub naycha shaklida oʻradim va bir uchini qulogʻimga, ikkinchi tomonini bemorning yurk sohasiga qoʻydim. Bunda yurak urishlarini qulogʻimni bevosita koʻkrak sohasiga qoʻyib eshitganiga nisbatan bir necha marotaba yaxshiroq eshityotganim bir tomondan meni hayratga solsa, ikkinchi tomondan quvontirdi.men ushbu usul yordamida nafaqat yurak shovqinlarini, balki oʻpkadagi nafas olish jarayoni va xirillashlar, plevra va yurak qopchasidagi suyuqlik ovozlarini ham eshitish mumkin degan qarorga keldim.
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Gadayev, Abdug'offar. ichki kasalliklar propedevtikasi, Toshkent, 2012.