Kontent qismiga oʻtish

Rene jumbogʻi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rene jumbogʻi
Muallif(lar) Hojiakbar Shayxov
Til oʻzbekcha
Janr(lar)i ilmiy fantastika
Nashr etilgan sanasi 1977
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Sahifalar soni 144

Rene jumbogʻi“ — oʻzbek yozuvchisi Hojiakbar Shayxov qalamiga mansub ilmiy fantastik qissa. Ilk bor 1977-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida ayni nomli toʻplamda chop etilgan. Adabiy tanqidchi Ozod Sharafiddinov „Rene jumbogʻi“ qissasini „Olmos jilosi“ qissasi bilan bir qatorda ilmiy-fantastika janridagi muhim oʻzbekcha asarlardan ekanligini taʼkidlagan[1]. Qissani V. Nechiporenko ruschaga oʻgirgan. Ruscha tarjima 1981-yil Toshkent shahrida Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyotida „Zagadka rene“ (ruscha: Загадка Ренэ) nomli toʻplamda chop etilgan[2].

1977-yil „Rene jumbogʻi“ nomi bilan chop etilgan toʻplamga „Rene jumbogʻi“ qissasi bilan bir qatorda „Olis sayyorada“ qissasi hamda „Nomaʼlum odamlar“ va „Doʻstimning kashfiyoti“ hikoyalari kiritilgan. „Rene jumbogʻi“ qissasi 1983-yil „Olmosli jilosi“ nomli qissalar toʻplamiga ham kiritilgan. Ushbu toʻplamga „Rene jumbogʻi“ qissasi bilan bir qatorda „Alanga“, „Reya toshlari“, „Qora tuynuk sari“ va „Olmos jilosi“ qissalari kiritilgan. Ushbu beshala qissada oʻzbek fazogiri Olmos Azizovning kosmik sarguzashtlari haqida hikoya qilinadi. Qissalarda sovet mafkurasiga mos ravishda kommunizm gʻoyalari ilgari surilgan[manba kerak]. 2004-yil „Rene jumbogʻi“ „Sharq“ nashriyotida lotin yozuvida nashr qilingan.

  1. Shayxov, Hojiakbar. Tutash olamlar; Ikki jahon ovorasi. Toshkent: Sharq, 2001 — 6-bet. Qaraldi: 17-noyabr 2024-yil. 
  2. „Загадка Ренэ“ (ruscha). Rossiya davlat kutubxonasi. Qaraldi: 2016-yil 16-sentyabr.