Renessans TV
Renessans TV | |
---|---|
Mamlakat | Oʻzbekiston |
Namoyish vaqti | kunu-tun |
Namoyish hududi | Oʻzbekiston |
Til(lar)i | oʻzbekcha |
Boshqaruv markazi | Toshkent |
Mazmuni | universal |
Efirga chiqqan | 2021-yil 1-sentyabr |
Tomoshabinlar | taxminan 30 million kishi |
Egasi | Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi |
Aloqador telekanallar | Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasiga qarashli telekanallar |
Renessans TV – Oʻzbekistondagi umummilliy nodavlat telekanal. 2021-yil 1-sentyabrda Oʻzbekiston elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasi (OʻzEOAVMA) muassisligida tashkil etilgan[1].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2021-yil aprel oyida OʻzEOAVMA tashabbusi bilan bir qator idora va vazirliklar hamkorligida „Yangi Oʻzbekiston. Yangi nigoh“ media dasturi ishlab chiqilgan. Shu dastur doirasida 2021-yil 1-sentyabrda Renessans TV tashkil etilgan va test rejimida efirga uzatila boshlangan[1]. Telekanalning taqdimot marosimi 2021-yilning 18-oktabrida OʻzEOAVMA tomonidan tashkil etilgan Xalqaro media-xollda boʻilb oʻtgan[2].
Tavsifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Renessans TV Oʻzbekistonning turli hududlaridagi 13 dan ortiq nodavlat telekanallarni birlashtiruvchi teletarmoq hisoblanadi. Hududiy telekanallar tomonidan efirga uzatilgan xabar, yangilik va tahliliy materiallarni burun respublika boʻylab namoyish etadi. Shuningdek, Renessans TV markaziy tahririyati tomonidan tasvirga olingan siyosiy-ijtimoiy dasturlar, koʻrsatuv va filmlar hududiy telekanallar tomonidan namoyish etilishi koʻzda tutilgan.[2] Telekanal madaniy-maʼrifiy, informatsion va ilmiy yoʻnalishlarda faoliyat yuritadi.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 D. Mamatova. „Yangi nodavlat telekanal ish boshlamoqda“. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. Qaraldi: 2021-yil 1-sentyabr.
- ↑ 2,0 2,1 Nazokat Usmonova. „“Renessans TV” telekanali taqdimoti oʻtkazildi“. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi. Qaraldi: 2021-yil 18-oktyabr.