Reomyur gradusi
Qiyofa
Reomyur shkalasi — normal bosimda muzning erish temperaturasi nol gradus, suvning qaynash temperaturasi esa 80 gradus deb olinadigan temperatura shkalasi. Reomyur shkalasi birligi — Reomyur gradusi (°R). U atmosfera bosimida muzning erish nuqgasi va suvning qaynash temperatura intervalining 1/80 qismiga teng, yaʼni 1°R=1,25°, fransuz olimi R. A. Reomyur (1683 — 1757) taklif etgan (1730). Yana k Gradus.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |