Kontent qismiga oʻtish

Reportaj

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Reportaj (ing. report — yetkazmoq, xabar qilmoq) — jurnalistikaning informatsion janr turi. Bu janrda jurnalist (reportyor) bevosita oʻzi ishtirok etgan, shohidi boʻlgan, koʻrgan voqeahodisalar haqida zudlik bilan yorqin, atroflicha xabar beradi. Bunda, odatda, muallif voqealarni oʻz tilidan bayon etadi. R.da barcha informatsion janrlar (lavha, hisobot, suhbat va sh.k.) unsurlari qoʻshilib ketadi. Unda badiiy obrazlar, tarixiy dalillardan keng foydalaniladi.

Ommaviy axborotaloqa vositalari turiga (matbuot, radioeshittirish, telekoʻrsatuv) qarab materiallarni R. orqali yoritishning ayrim oʻziga xos xususiyatlari bor. Matbuotda (asosan, gaz.da) R. vokeaband va mavzuli (turli vaqtda boʻlgan voqealar bir mavzuga birlashtirilib bayon etiladi) boʻlishi mumkin. Bunday R.lar, odatda, voqealar boʻlib oʻtgan joylardan olingan fotosuratlar bilan bezatiladi. Matbuotda fotoreportajlar ham keng tarqalgan. Radio orkali beriladigan R.da voqealar obrazli, jonli soʻzlar bilan tavsiflanib, hamma vaqt xronologik izchillik saqlanadi. Telekoʻrsatuvlardagi R.da ekranda namoyish etilayotgan voqealar sharhlab beriladi.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil