Resife
Resife yoki Pernambuku — Braziliyadagi shahar, Janubiy Amerikaning eng sharqiy chekkasida. Pernambuku shtatining maʼmuriy markazi. Aholisi 1,4 million kishi (2000). Braziliyaning Atlantika okeani sohilidagi muhim porti (chetga shakar, tropik mevalar, paxta, teri xom ashyosi, yogʻoch chiqariladi). Aeroporti xalqaro ahamiyatga ega. Mamlakatning shimoli-sharqidagi muhim iqtisodiy markaz. Oziq-ovqat (asosan, shakarqand, tamaki), toʻqimachilik, mashinasozlik, sement, kimyo, koʻnpoyabzal sanoati korxonalari mavjud. Untlar, Filologiya akademiyasi, shtat muzeyi bor. Shaharga 1548-yilda balikchilar qishlogʻi oʻrnida asos solingan. Mustamlakachilik davriga oid koʻplab meʼmoriy yodgorliklar (monastir, qalʼa, cherkovlar) saqlangan. Turizm markazlaridan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |