Kontent qismiga oʻtish

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi — yuqori malakali ixtisoslashgan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatadigan Respublika darajadagi tibbiy-ilmiy muassasa hisoblanadi. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov tashabbusi bilan tashkil etilib, 2001-yil 1-maydan faoliyat koʻrsata boshladi. 760 oʻringa moʻljallangan hamda jahon andozalari darajasidagi tegishli tibbiyot asbobuskunalari bilan jihozlangan ushbu markaz respublikamiz aholisiga tunu kun yuqori malakali maxsus shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish quvvatiga ega. Tarkibiga respublika sanaviatsiyasi va Toshkent shahri „03“ xizmati ham kiradi. Uning viloyatlarda 12 ta filiali va 173 ta boʻlimi, shuningdek, tuman va shahar miqyosida favqulodda vaziyatlarda faoliyat koʻrsatuvchi 182 ta shoshilinch tibbiy yordam brigadalari mavjud.

Markazda 11 ta ilmiy boʻlim (shoshilinch jarrohlik; qoʻshma va asoratlangan jarohatlar; kombustiologiya; shoshilinch terapevtik holatlar; toksikologiya va kritik holatlar; yosh bolalar shoshilinch jarrohligi; shoshilinch pediatrik holatlar; shoshilinch uroginekologiya; nur diagnostikasi; patologik anatomiya va eksperimental tibbiyot, qabuldiagnostika), ular tarkibida 36 ta klinik boʻlinma boʻlib, turli xil shoshilinch jarrohlik, neyrojarrohlik, akusherginekologik, urologik, terapevtik, kardiologik va boshqalar patologiyali bemorlarni qabul qiladi. 2005-yil 225 oʻrinli pediatriya majmui ishga tushirildi. Markaz zamonaviy tibbiyotning dolzarb muammolariga oid ilmiy tadqiqotlar olib boradi, bular, asosan, shoshilinch holatlarni erta diagnostika qilish va davolashning eng maqbul va kam jarohat yetkazuvchi usullarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etishdan iborat. Bular davolash samaradorligini oshirish bilan birga, yotib davolanish muddatini, shuningdek, davolanish uchun ketadigan xarajatlarni jiddiy kamaytirishga imkon beradi. Markaz, uning filiallari, boʻlim va boʻlinmalarida aloqa va telekommunikatsiya vositalaridan keng foydalaniladi. Ular zamonaviy telefon va mobil aloqa (tranking radiotelefon va uyali aloqa) vositalari hamda kompyuter texnikasi, 1pgegpe11tgape1 koʻrinishidagi telekommunikatsiya tizimi bilan taʼminlangan, bu shoshilinch tibbiy yordam tizimi texnologiyasi, shuningdek, teletibbiyot tizimini, yaʼni uzluksiz faoliyat koʻrsatuvchi tibbiyot xodimlarini masofadan turib oʻqitish va tegishli maslahatlar berish (konsultatsiya) tizimini ham oʻz ichiga oladi. Markazda Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent vrachlar malakasini oshirish intining kafedralari bor. Markaz respublikada shoshilinch tibbiy xizmat tizimini, bu sohada mavjud moddiytexnik, ilmii va kadrlar salohiyatini yagona tizimga birlashtiradi. Davlat tomonidan taʼminlanadigan ushbu Markaz aholiga shoshilinch holatlarda yuqori malakali bepul tibbiy yordam koʻrsatish davlat kafolatini amalga oshiradi.