Reuven Rivlin
Reuven Rivlin | |
---|---|
ראובן ריבלין | |
10-Isroil Prezidenti | |
Mansab davri 2014-yil 24-iyuldan – 2021-yil 7-iyulgacha | |
Oʻtmishdoshi | Shimon Peres |
Vorisi | Isaac Herzog |
Isroil Aloqa vaziri | |
Mansab davri 2001-yil 7-martdan – 2003-yil 28-fevralgacha | |
Oʻtmishdoshi | Benjamin Ben-Aliezer |
Vorisi | Ariel Sharon |
Knesset spikeri | |
Mansab davri 2003-yil 19-fevraldan – 2006-yil 4-maygacha | |
Oʻtmishdoshi | Abraham Burk |
Vorisi | Dalia Izik |
Mansab davri 2009-yil 30-martdan – 2013-yil 5-fevralgacha | |
Oʻtmishdoshi | Dalia Izik |
Vorisi | Joel Edelstein |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
9-sentyabr 1939-yil Quddus |
Mukofotlari | Andoza:Peru quyoshi ordeni |
Imzosi |
Reuven Rivlin (ivritcha: ראובן ריבלין; 9-sentyabr 1939, Quddus, Falastin) – isroillik siyosatchi va huquqshunos, 2014—2021-yillarda Isroilning oʻninchi prezidenti. "Likud" partiyasining aʼzosi. Rivlin 2001-yildan 2003-yilgacha Aloqa vaziri boʻlgan va keyinchalik 2003-yildan 2006-yilgacha va 2009-yildan 2013-yilgacha Knesset spikeri lavozimlarida ishlagan. 2014-yil 10-iyunda Isroil prezidenti etib saylandi[1]. Uning vakolati 2021-yil 7-iyulda tugadi.
Biografiyasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Joseph Joel Rivlin (1889—1971) va Rachel Rivlin (1904—2005) oilasida tugʻilgan[2]. Zahiradagi harbiy xizmatni oʻtagan[3]. Quddus universitetini tugatgan. 1978-yilda Quddus munitsipalitetiga saylangan. 1981-yildan 1986-yilgacha „El-Al“ aviakompaniyasida ishlagan. 1986-yilda Quddusdagi „Herut“ harakati raisi. 1988-yilda Quddus meriyasi saylovida magʻlub boʻldi. 1988-1993-yillarda „Likud“ harakati raisi. 1996-yildan Knesset deputati. 16-chaqiriqda Knesset spikeri etib saylandi. 2007-yildagi prezidentlik saylovlarida magʻlub boʻldi[4]. 2009-yilda 18-chaqiriq Knesset raisi etib saylandi[5]. 2014-yil 10-iyunda Isroil Prezidenti etib saylandi[6][7][8]. 24-iyulda vazifasiga kirishdi[9][10].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1971-yildan 2019-yilda vafotigacha Nechama Rivlin bilan turmush qurgan va ularning toʻrt farzandi bor[11][12]. Rivlin 1960-yillarning oxiridan beri vegetarian boʻlib kelgan[13]. Rivlin yetti yoshidan beri „Beitar Jerusalem“ futbol klubiga muxlislik qilgan[14][12]. Arab tilini yaxshi biladi[15][16].
Fikrlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rivlin bir vaqtlar Isroilga arman genotsidini tan olish uchun kampaniya olib borgan[17]. 2012-yilda u shunday degan edi: „Birinchi jahon urushi yillarida bir milliondan ortiq oʻgʻlini yoʻqotgan arman xalqi boshiga tushgan fojiani eslatish bizning maʼnaviy burchimiz va buni siyosiy masalaga aylantirmasligimiz kerak. Men bu masalaning nozikligini bilaman. Ammo ochiq aytaylik: Bu bugungi Turkiyani yoki hozirgi Turkiya hukumatini ayblash emas“[18][19].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „ynet מבית"ר ירושלים לבית הנשיא: מי אתה רובי ריבלין? - חדשות“. Ynet.co.il (2014-yil 10-iyun). Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
- ↑ Genealogiya semi Rivlin
- ↑ אפי מלצר, רון כתרי בנושא האיראני המערכת המבקרת של הכנסת שואלת שאלות וגם מקבלת תשובות מבט מל"ם, גיליון 64, אוקטובר 2012 (Efi Melser, Ron Katri, „Sistema nadzora knesseta zadayot voprosi po iranskoy teme i poluchaet na nix otveti (Wayback Machine saytida 2016-03-13 sanasida arxivlangan)“, „Mabat malam“, vipusk № 64 (oktyabr 2012)).
- ↑ „Шимон Перес стал девятым президе Израиля“. NEWSru.com (13-iyun 2007). Qaraldi: 2011-yil 7-yanvar.
- ↑ „Ривлин избран спикером Кнессета“. IzRus.co.il (31-mart). Qaraldi: 2011-yil 7-yanvar.
- ↑ NEWSru.co.il – novosti Izrailya :: Reuven Rivlin izbran desyatim prezidentom Izrailya
- ↑ Ъ-Novosti – Prezidentom Izrailya izbran Reuven Rivlin
- ↑ Jonathan Lis. „Reuven Rivlin is elected Israel's 10th president“. Га-Арец (10-iyun 2014-yil). Qaraldi: 2014-yil 10-iyun.
- ↑ Lenta.ru: Mir: Politika: V Izraile vibrali novogo prezidenta
- ↑ Reuven Rivlin vstupil v doljnost prezidenta Izrailya
- ↑ „Nechama Rivlin, wife of President Reuven Rivlin, dies at 73“. Times of Israel. Qaraldi: 2019-yil 4-iyun.
- ↑ 12,0 12,1 „Who is Ruby Rivlin, Israel's President Elect“. Jewishpress.com. Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
- ↑ „Knesset: Animals don't have legal rights“. Haaretz. Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
- ↑ „Israel's Presidential Elections: The Candidates - Inside Israel - News - Arutz Sheva“. Israelnationalnews.com. Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
- ↑ Marsha B. Cohen. „9 Facts About Israeli President Reuven Rivlin « LobeLog“. Lobelog.com (2014-yil 10-iyun). Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
- ↑ Fay. „Rivlin hails Jordan's King Abdullah as 'brave' leader who wants peace“. Jerusalem Post (2014-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
- ↑ „Knesset Speaker working to boost recognition of Armenian genocide“. Haaretz. Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
- ↑ „Rivlin: We Cannot Ignore the Armenian Genocide“. Israel National News (2012-yil 13-iyun). Qaraldi: 2015-yil 27-mart.
- ↑ Beck, Jonathan. „Rivlin backtracks on Armenian genocide recognition“. Times of Israel (2014-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2015-yil 27-mart.