Rez
Qiyofa
Rez (fors. — mayda) — musiqa bezaklaridan biri. Urma sozlar (nogʻora, doira va boshqalar)da usul zarbalarini, torli cholgʻular (tanbur, chang, rubob va boshqalar)da tovushlarni maydalab (tez va tekis) chalish uslubi. Turli ansambllarda yakkanavoz sozanda yoki yakkaxon xonandaga joʻr boʻluvchi sozlarda keng foydalaniladi. Yevropa musiqasida R.ga yaqin tremolo atamasi ishlatiladi[1].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |