Kontent qismiga oʻtish

Ribosoma

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(Ribosomalardan yoʻnaltirildi)
Hayvon hujayrasi

Eukaryotik hujayra organellalari:
  1. Yadrocha
  2. Hujayra yadrosi
  3. Ribosoma
  4. Vesicle
  5. Endoplazmatik toʻr
  6. Golji kompleksi
  7. Cytoskeleton
  8. Smooth endoplasmic reticulum
  9. Mitoxondriya
  10. Vakuolalar
  11. Cytosol (organellalarni o'z ichiga olgan suyuqlik; sitoplazmani o'z ichiga oladi)
  12. Lizosoma
  13. Centrosome
  14. Plazmatik membrana

Ribosoma — bu oqsil biosintezida qatnashadigan hujayraning eng muhim nomembran organellasi. Ribosomada iRNK asosida aminokislotalardan tashkil topgan oqsil zanjiri hosil boʻladi. Bu jarayon translyatsiya deb nomlanadi. Ribosomalarning shakli sferik yoki ellipsoiddir, ularning diametri prokariotlarda 15-20 nanometr, eukariotlarda 25-30 nanometr tashkil etadi. Ikki subbirlikdan tashkil topgan.

Eukariotlar hujayrasida ribosomalar endoplazmatik rettikulum memranasiga bogʻlanib yoki sitoplazmada erkin holatda joylashishi mumkin. Kopincha bir necha ribosomalar bogʻlashib poliribosoma (polisoma) tashil etishi mumkin. Eukariotlar hujayrasida ribosomalar yadrocha deb nomlanadigan maxsus yadro apparatida hosil bolishadi.

E.coli ribosomasinig tuzilishi. Qizil rang bilan katta subbirlik, ko'k rang bilan esa kichik subbirlik korsatilgan

Ribosomalarining sedimentatsiya koeffitsienti eukariotlarning sitoplazma ribosomalarida 80S (katta subbirlik 60S va kichik subbirlik 40S), prokariotlarda (mitoxondriya va plastidalar) ribosomalarida esa 70S (katta subbirlik 50S va kichik subbirlik 30S) ga teng.

Ribosomalar (ribonuklein kislota va ...soma) — oʻz tarkibida ribonuklein kislotalarni saqlovchi sitoplazmaning doimiy, membranasiz organoidlari. Ribosomaning kashf etilishi elektron mikroskopik tadqiqotlarning rivojlanishi bilan bogʻliq. Har bir Ribosoma diametri 20 nm dan oshmaydigan katta va kichik subbirliklardan iborat. Subbirliklar qoʻshilishi yoki ajralishi mumkin. Prokariotlarning xujayralarida ribosomalar nisbatan kichikroq boʻladi. Ribosoma mitoxondriyalar va xloroplastlar tarkibida ham uchraydi. Eukariotlar, prokariotlar, mitoxondriyalar va xloroplastlardagi Ribosoma kimyoviy tarkibi jihatidan ham birmuncha farqqiladi. Masalan, prokariotlarning P. ida oqsillarning 55 xili mavjud, eukariotlarda esa 100 dan ortiq boʻladi. Ribosoma oqsilni sintezlaydi. Shuning uchun oqsil sintezini boshlovchi, davom ettiruvchi va tugatuvchi Ribosoma mavjud. Ribosomaning A (aminokislotalar birikadigan) va R (peptid bogʻlari hosil boʻladigan) faol qismlari bor. Oqsil sintezi jarayonida bir molekula iRNKda bir nechta Ribosoma ketmaket joylashib, translyasiya amalga oshadi. Bunday P. majmuasi polisomalar deyiladi. Endoplazmatik toʻr membranasi bilan bogʻlangan Ribosomada hujayradan tashqariga sekretsiyalanuvchi oqsillar, gialoplazmada erkin joylashgan Ribosomada esa hujayraning oʻzi uchun zarur boʻlgan oqsillar sintezlanadi. Oqsil sintezi jadal kechuvchi hujayralarda Ribosoma soni juda koʻp boʻladi. Eukariot hujayralarda Ribosoma yadrochada hosil boʻladi. Dastlab DNK matritsasida ribosomal RNK (rRNK) sintezlanadi. Soʻngra RNK oqsil molekulalari bilan qoʻshilib, Ribosoma subbirliklarini hosil qiladi va yadrodan sitoplazmaga chiqariladi. [1]

Aльбертс Б. и др. Молекулярная биология клетки в 3 томах. Т1. 2015


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil