Kontent qismiga oʻtish

Vakuolalar

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hayvon hujayrasi

Eukaryotik hujayra organellalari:
  1. Yadrocha
  2. Hujayra yadrosi
  3. Ribosoma
  4. Vesicle
  5. Endoplazmatik toʻr
  6. Golji kompleksi
  7. Cytoskeleton
  8. Smooth endoplasmic reticulum
  9. Mitoxondriya
  10. Vakuolalar
  11. Cytosol (organellalarni o'z ichiga olgan suyuqlik; sitoplazmani o'z ichiga oladi)
  12. Lizosoma
  13. Centrosome
  14. Plazmatik membrana

Vakuolalar (frans. Vakuole, lotincha: vacuus — boʻsh) — oʻsimlik va hayvonlar hujayrasida ichi suyuqlik bilan toʻlgan, sitoplazmadan membrana bilan ajralib turadigan boʻshliq. Bir hujayralilarda ferment bilan toʻlgan hazm qilish Vakuolalari, osmoregulyatsiya va ayirish funksiyasini bajaruvchi, qisqaruvchi Vakuolalar, koʻp hujayrali hayvonlar hujayrasida esa ikkilamchi lizosomalar guruhiga mansub va oʻzida gidrolitik ferment saqlovchi, hazm qiluvchi va avtofaglovchi Vakuolalar boʻladi.

Oʻsimlik hujayralarida Vakuolalar — endoplazmatik toʻrning hosilasi boʻlib, birmuncha shaffof membranotonoplast bilan oʻralgan. Oʻsimliklardagi Vakuolalar sistemasi — vakuom yosh hujayralarda naylar va pufaklar sistemasidan iborat. Hujayra oʻsib, ixtisoslasha borishi bilan Vakuolalar ham yiriklasha boradi va hujayra umumiy hajmining 70—95% gacha qismini egallab oladi. Vakuolalar shirasi (rN darajasi 2—5 ni tashkil etadi) tarkibida erigan anorganik (fosfat, oksalat), organik birikmalar (qand, aminokislotalar, oqsillar) va moddalar almashinuvining oxirgi mahsulotlari (taninlar, glikozidlar, alkaloidlar), ayrim pigmentlar (mas., antotsianinlar) boʻladi. Vakuolalar hujayradagi suv-tuz al-mashinuvini boshqaradi; hujayraning turgor holatini saqlaydi; quyi mole-kulali suvda eriydigan metabolitlar va zaxira moddalarni toʻplaydi; moddalar almashinuvida hosil boʻladigan zararli moddalarni hujayradan chiqa-rib tashlaydi va boshqa baʼzi funk-siyalarni bajaradi.

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil