Kontent qismiga oʻtish

Rif respublikasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rif respublikasi — Shimoliy Marokashdagi togʻli Rif viloyati qabilalarining harbiy-siyosiy birlashmasi. Rif qabilalarining 1921—26 yillardagi ispan va fransuz mustamlakachilariga qarshi milliy ozodlik urushi jarayonida tuzilgan. Oliy qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyat — Milliy majlis boʻlgan. Unga prezident Abdulkarim rahbarlik qilgan. Hukumat aʼzolari 5 kishidan iborat boʻlgan. Qoidlar ichki ishlar vazirligiga va qabila ishlarini nazorat qiluvchi Respublika kengashiga boʻysungan. Aholidan olingan soliqlar, asosan, armiyaga sarflangan. Rif respublikasi ispan va fransuz qoʻshinlariga uzoq vaqggacha zarba berib kelgan. Biroq ularning birgalikda qilgan hujumlariga bardosh berolmay magʻlub boʻlgan (1926-yil 27 may).[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil