Kontent qismiga oʻtish

Rifkat Tukayev

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rifkat Tukayev
Tavalludi 1923-yil 10-oktabr
Vafoti 19-iyun 1995
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR

Tukayev Rifkat Galimjon oʻgʻli (1923-yil 10-oktyabr – 1995-yil 19-iyun) – oʻqituvchi, Ulugʻ Vatan urushi qatnashchisi, kuzatuv boʻlinmasi komandiri, serjant. Shuhrat ordeni sohibi. 1975-yilda Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan oʻqituvchi. 1984-yilda SSSR taʼlim aʼlochisi.

Rifkat Tukayev 1923-yil 10-oktyabrda Boshqird ASSR Bure viloyatining Nijne Karish qishlogʻida tavallud topgan.

1929-yildan Andijon shahrida yashaygan. 1940-yildan O‘zbekiston SSR Surxondaryo viloyatidagi maktabda rus tilidan dars bergan.

1942-yil iyun oyidan Qizil Armiya saflarida xizmat qilgan va 1-Moskva piyoda-pulemyot maktabida tahsil olgan[1].

1945-yilda demobilizatsiya qilingan va Andijonga qaytgan. 1962-yilda Toshkent pedagogika institutini tamomlagan. Andijonda oʻqituvchilarni malakasini oshirish instituti harbiy-metodik kabinet mudiri lavozimida ishlaydi. 1968-yildan isteʼfoga chiqadi[2].

Rifkat Tukayev 1995-yil 19-iyunda Andijon shahrida vafot etgan.