Kontent qismiga oʻtish

Riman Georg Fridrix Bernhard

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Riman Georg Fridrix Bernhard (1826.17.9, Quyi Saksoniya — 1866.20.7, Italiya) — nemis matematigi, fizikada nisbiylik nazariyasi vujudga kelishiga zamin yaratib bergan olim; matematikada kompleks oʻzgaruvchilar funksiyalari nazariyasini rivojlantirdi va unda geometrik usullarni takomillashtirdi. Riman sirtlari nomli tushunchani fanga kiritdi. Sonlar nazariyasida fundamental natijalarga erishdi. R.ning toʻplamlar nazariyasi va haqiqiy oʻzgaruvchilar funksiyalari nazariyasi yaratilishida xizmati katta. R. topologiyaning asosiy gʻoyalarini ilgari surdi. R. integrali tushunchasi toʻplamlar va haqiqiy oʻzgaruvchilar funksiyalari nazariyalarida katta rol oʻynaydi. R. asarlari 19 va 20-asrlar matematikasining koʻpgina sohalari rivojlanishiga katta taʼsir koʻrsatdi. [1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil