Ritorik savol
Ritorik savol — berilayotgan insonga javobi shundoq ayon boʻlgan, javob berish shart boʻlmagan yoki javobi kutilmaydigan savol. Bunday savol, odatda oʻz ichiga javobini ham olgan boʻladi[1]. Oʻzbek tilida ritorik savollar yozma koʻrinishda oddiy savoldan farq qilmaganligi bois, oddiy savoldek qabul qilinishi va savolni eshitgan inson javob berishi mumkin.
Oddiy misol — „Siz biron narsani toʻgri bajara olasizmi oʻzi?“. Bu savol tinglovchining qobilyatlarini soʻrash maqsadida emas, balki, tinglovchining qobilyatlari yoʻqligiga ishora sifatida qoʻllangan.
Shakllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻlishsizlik shakli
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ritorik savol mushohadaga yoʻllaydigan savoldir. Bunday savolga javob berish koʻplab holatlarda qiyin yoki ilojsiz. Masalan, Qachon rimliklar biz uchun nimadir qilib qoʻyibdi?. Bu yerda savol boʻlishsizlikni ifodalayapti, yaʼni maʼnosi rimliklar xech qachon biz uchun xech narsa qilmagan.
Metafora
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ritorik savolning bunday shakli „ritorik tasdiqlash“ deb nomlanadi. Savolga javobning oydinligi, koʻpincha, boshqa savolning (koʻplab hollarda yumoristik) vaziyatga mos holatda qoʻllanishi bilan tasdiqlanadi. Misol uchun: „Siz kompyuterni yaxshi bilasizmi?“, „Imom musulmonmikan?“, „Aqllisanda endi?“. Bu misollarda ritorik savol kinoya va kesatishni ifodalab kelayotganini koʻrishimiz mumkin[2]. Dialog jarayonida buni tushunib olish ancha oson:
— Hozir bu gaping "kompyuterni bilasizmi" dan bo'ldida.
„Togʻning havosi toza ekanmi“ degan savolga ritorik savolni metafora tarzida qoʻllab „Imom namoz oʻqishni bilarkanmi degandek boʻlding“ deyish ham mumkin.
Punktuatsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Maʼno jihatdan kelib chiqib, ritorik savol soʻroq belgisi (?), nuqta (.) yoki undov belgisi (!) bilan tugashi mumkin[3] . Lekin manbalarning tasdiqlashicha, soʻroq belgisi ritorikmi yoʻqmi, har qanday savol uchun qoʻllanadi[4].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (Aprel 2024) |
- ↑ Gideon O. Burton, Brigham Young University. „Rhetorical questions!“. specialized language definitions. 2007-yil 26-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2007-yil 19-oktyabr.
- ↑ ; Paton, George E. C.Humour in society: resistance and control. Macmillan, 1988 — 67-bet. ISBN 0-333-44070-6.
- ↑ http://www.whitesmoke.com/punctuation-question-mark.html#rhe Whitesmoke
- ↑ „The Question Mark“. grammar.ccc.commnet.edu. 2006-yil 8-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-mart.