Ritsarlik akademiyalari
Qiyofa
Ritsarlik akademiyalari — 1618-asrlarda Germaniyada dvoryanlar farzandlarini harbiy, fuqarolik va saroy xizmatiga tayyorlovchi tabaqalashgan oʻquv yurtlari. Oʻquv rejasiga lotin, fransuz, italyan, koʻpincha ispan tillari, matematika, fizika, genealogiya, huquq, tarix va boshqa fanlar kirgan; qilichbozlik, otda yurish, raqsga tushish, saroy axllariga xos mulozamat va muomalaga katta eʼtibor berilgan. Kolberg (1653-yil tashkil etilgan), Lyuneburg (1655), Volfenbyuttel (1687)dagi Ritsarlik akademiyalari mashhur boʻlgan. 19-asrda gimnaziya va kadet korpuslariga aylantirilgan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |