Kontent qismiga oʻtish

Rivian

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rivian Automotive LLC

kompaniya logotipi
Turi Xususiy (MCHJ)
Tarmogʻi Avtomobilsozlik
Qachon asos solingan 2009-yil
Asoschi(lari) Robert "RJ" Skaringe
Rahbariyat
Mahsulot(lar)i Avtonom avtomobillar va Elektrik avtomobillar, Battareyalar
Aylanma daromadi $0 (2020)[2]
Ishchilar soni 1,000+ (2019-yil)
Vebsayti rivian.com

Rivian — Amerika avtomobilsozlik va avtomobil texnologiyalari kompaniyasi. 2009-yilda tashkil topgan kompaniya barqaror transport vositalari bilan bogʻliq avtomobil vositalari, tegishli mahsulotlar va xizmatlarni koʻrsatadi va ishlab chiqaradi. Kompaniyaning Michigan shtatining Plymouth shahrida, Illinoys shtatining Normal shaharchasida, Kaliforniya shtatining San Kose va Irvin shaharlarida, Birlashgan Qirollikda ishlab chiqarish quvatlari (zavodlari) mavjud. 2017-yilda Rivian kompaniyasi rahbarlari tomonidan, kelajakdagi avtomobillar uchun oʻzgartirilishi yoki boshqa kompaniyalar tomonidan moslashtirilishi mumkin boʻlgan platformada, elektr krossover (SUV) va pikup (pickup truck) rusumli yuk avtomolillarni qurayotganini eʼlon qilindi. Bundan tashqari har ikkala avtomobil ham yarim avtonom boʻlib, shahar (on-Road) va shahardan tashqari xududlarda (off-Road) harakati uchun moʻljallangan.

Rivian kompaniyasi 2009-yilda Massachusets texnologiya institutini mexanika muhandisligi doktori diplomi bilan tamomlagan hozirgi kunda korxonaning bosh direktor Robert „RJ“ Skaringe[3] tomonidan tashkiletilgan. Kompaniya bir nechabor nomini oʻzgartirgan boʻlib, avvallar iAvera Avtomobilsozlik, keyin 2011-yilda Rivian Automotive,[4][5] nomi bilan avtonom elektr transport vositalarini rivojlantirish yoʻnalishi boʻyicha ish olib borishni boshladi.[6] 2015-yil Rivian kompaniyasiga katta sarmoya kiritiladi va korxona sezilarli yutuqlarga erishadi, bulardan Michigan va Bay Arena[7] da bir qancha tadqiqot muassasalarini ochadi. Asosiy butlovchi qisimlarni yetkazib beruvchilarga yaqinroq boʻlishi uchun[8] shtab-kvartirasini Livonia, Michiganga koʻchirib oʻtadi, shu bilan birga kompaniya avtonom avtomobillar va ular uchun eko-tizimni (Entire ecosystem) yaratish ustida ish olib borishni boshlaydi. Shuningdek, „kelishib xaydash (ride-sharing) va haydovchisiz avtomobil bozorlari“ga oʻzining prototiplarini ishlab chiqishni boshladi.[9]

Skaringe tomonidan taqdim etilgan Rivian 2011-yil prototipi

2016-yil sentyabr oyida Rivian Illinoning Normal shahrida joylashganMitsubishi Motorsga tegishli boʻlgan ishlab chiqarish zavodini sotib olish boʻyicha muzokaralar olib borayotgani haqida xabar berilgan edi.[10] 2017-yilning yanvar oyida Rivian yuqoridagi zavod va unga tegishlik chiqarish tarkibini $ 16 million evaziga sotib oladi[7], bu oʻz navbatida Rivianing Shimoliy Amerikadagi asosiy ishlab chiqarish zavodiga aylanadi. Rivianning yangi fabrika qurish oʻrniga ishlab chiqarish tayyor zavodni sotib olishi Tesla-ning Kaliforniyadagi NUMMI zavodini sotib olishiga oʻxshaydi. Kompaniya bandlik boʻyicha belgilangan vazifalarni bajarish va besh-yil davomida 40,5 million dollar investitsiya kiritish sharti bilan, 1 million dollar miqdorida grant va besh-yillik soliq imtiyozini Normal kontingentidan oladi. Rivian, shuningdek, shtat hukumatidan 49,5 million dollar soliq kreditini oaldi; ushbu kreditlar, yangi ish oʻrinlarini yaratishni taʼminlash boʻyicha qoʻyilgan maqsadlli koʻrsatkichlarga erishishga va 2024-yilga qadar zavodga kamida 175 million dollar investitsiya kiritish shartlari bilan berilgan boʻladi.[11][12]

Rivian 2016-yil oxirida 100 ga yaqin kishini ish bilan taʼminladi,[8][9] va 2017-yil avgustiga kelib ularning soni 160 taga yetdi. Sumitomo korporatsiyasi 2017-yil dekabr oyida Rivianga „strategik investitsiya“ qildi,[3][13][14] va Rivian uning alfa prototiplari toʻliq va sinovdan oʻtganligini maʼlum qildi. Oʻsha oyda, Rivian oʻzining dastlabki ikkita mahsulotini namoyish etadi: beshta yoʻlovchiga moʻljallangan elektr pikapli yuk mashinasi va yettita yoʻlovchili SUV,[6] avtomobillar tegishli ravishda A1T va A1C nomini oladi.[15] Ikkala transport vositasi 2018-yil noyabr oyida LA Auto Show koʻrgazmasida namoyish etilganida,[16] ishlab chiqarish 2020-yilda birinchi boʻlib yuk mashinalari bilan boshlanishi rejalashtirilgani aytib oʻtiladi. Ikkala transport vositasi shahardan tashqaridagi yoʻllarga va qisman avtonom rejimda ishlashga tayyor deb taʼriflangan va kompaniya oʻzining yangi avlod modellarini toʻliq avtonom qilib chiqazish boʻyicha rejasini bayon qilgan.

Rivian 2018-yil boshida 250 ishchiga ega edi.[3] 2018-yil may oyida Rivian Standard Chartered Bankdan 200 million dollar miqdorida qarzni moliyalashtirishga oladi,[6] va keyinchalik mablagʻlarning umumiy miqdorini 450 million dollarga yetkazdi.[14] Oʻsha paytdagi boshqa sarmoyadorlar qatoriga Abdul Latif Jamil ham kirgan.[17] 2019-yil fevral holatiga koʻra, Rivian Michigan, Illinois, Kaliforniya va Buyuk Britaniyadagi zavodlarida 750 kishini ish bilan taʼminlaydi. Taxminan 50 nafar ishchi Normaldan boʻlib, Rivianni ish joylarini yaratish boʻyicha mahalliy rejalarini bajaradi.[18]

2019-yil fevral oyida Amazon Rivianga 700 million dollarlik sarmoyaviy davr (raund) kiritishini eʼlon qiladi. Davrada mavjud aktsiyadorlar ham qatnashdilar.[19] 2019-yil aprel oyida Ford Motor Company kompaniyaga 500 million dollar sarmoya kiritdi.[20] 2019-yil iyun holatiga koʻra kompaniya 1000 dan ortiq kishini ish bilan taʼminladi.[21]

2019-yil sentyabr oyida Cox Automotive Rivianga 350 million dollar sarmoya kiritdi va 2019-yil yakuniga koʻra 1,5 milliard dollarga yetdi. Rivian mustaqil boʻlib qolmoqda, ammo Cox Automotive Rivian boshqaruviga investitsiyalarning bir qismini kiritishi orqali oʻzining vakilini qoʻshishni rejalashtirmoqda.[22]

Oʻsha oyning oxirida, Amazon oʻzining etkazib berish parkini 2030-yilga qadar 100 % qayta tiklanadigan energiyaga aylantirish rejasi doirasida Rivian kompaniyasidan 100 000 ta elektr avtomobillar (VAN) yetkazib berishga buyurtma bergan.[23] Avtomobillarni etkazib berish 2021-yilda boshlanadi.[24] Amazon 2022-yilga kelib 10000 ta elektr mikroavtobusini ishga tushirishni kutmoqda, ammo 2030-yilgacha shartnomada koʻrsatilgan 100,000 Rivian mikroavtobusini etkazib berish rejalashtirilmagan.[25]

Rivian kompaniyasiga 2019-yil davomida toʻrtta katta investitsyalar xisobiga 2,85 milliard AQSh dollari miqdorida sarmoya kiritildi, jumladan, aprel oyida Ford tomonidan kiritilgan 500 million AQSh dollar miqdoridagi sarmoya Rivianning yangi akkumulyator batareyasi uchun sariflanishi rejalashtirmoqda. Shu bilan birga T Rowe Price boshchiligidagi 1,3 milliard AQSh dollar miqdoridagi investitsiya Rivian kompaniyasining R1T yuk avtomobili va R1S SUV avtomobillarini 2020-yil oxiriga qadar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish uchun sariflanishi koʻzda tuitlgan.

Elektr transport vositalari

[tahrir | manbasini tahrirlash]
R1T pikapi 2018-yilgi LA avtosalonida
R1S SUV 2018 LA avtosalonida

2018-yil may oyida Rivian ishlab chiqarilishi kutilayotgan yuk mashinalarini va krossoverlarini SUVA tegishlicha A1T va A1C ishchi nomi bilan nomlashligini aytishgan. 2018-yil noyabr oyida yuk mashinasi va SUV nomlari R1T va R1S ga oʻzgartirilgan.[26] Ikkala model ham 14 dyuymli klirensga ega.[16] Boshlangʻich oʻtqazilgan sinov natijalariga koʻra yuk mashinasi 0 dan 97 km/soat tezlikga 3 soniya ichida chiqish imkoniyatiga ega boʻlishi aniqlangan, bundan tashqari avtomobil 1,1 m (3,6 fut) suvni bosib oʻtib, 45 darajagacha boʻlgan balandlikka koʻtarila oladi. Avtomashinalarning avtonomlik darajasi 3ga teng va qoʻshimcha funksiyalarga ega. Engadget maʼlumotlariga koʻra, "eng qimmat modellar bir toʻliq zaryad bilan 450 milya yura oladi va 800HP elektr motorda xarakatlanish imkonini beradi. Rivian, avtomobillarni avtonom xususiyatlari bilan „avtomobil almashishni“ (car-sharing) uchun moʻljallangan loyiha ustida ish olib borayotganini aytdi.[13]

Shassi va batareyalar

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Universal ishlatilishi mumkin boʻlgan elektr shassisi sababli, R1T va R1S dizaynlari sabablik ishlatiladigan butlovchi qisimlarning 91 % umumiy boʻlishni maqsad qilingan.[16] Shassiga markazda batareya oʻrnatilgan tormozlash, toʻxtatib turish va sovutish tizimlari kiradi.[27] Rivian nisbatan tekis, past ogʻirlikdagi tortishish bazasi shassisini "skeytbord " deb ataydi, bu uning ustiga joylashtirilishi mumkin boʻlgan turli xil jisimlarni moslashtirish uchun yanada sodda boʻlgan shassi sanaladi.[28] Rivian elektr shassisini boshqa avtomobil ishlab chiqaruvchilarga va boshqa oʻxshash mashinalar uchun dizayn bazasi sifatida litsenziyalashni rejalashtirmoqda.[15][29]

Ishlab chiqarish quvatlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Hozirgi kunda kompaniyaning toʻrtta asosiy ishlab chiqarish quvatlari mavjud. Ulardan asisiy bosh ofisi Plymouth, Michigan[30] da joylashgan boʻlib moliya, mashinasozlik va dizayn uchun javob beradi. Kaliforniya shtatidagi Irvine shahridagi zavod batareyalar, elektr jihozlari va transport vositalarini boshqarish dasturlari uchun javob beradi. Kaliforniyaning San-Xose shahrida esa oʻz-oʻzini boshqarish texnologiyasi va maʼlumotlarni qayta ishlash uchun javib beradi.[3] , Illinoys shtatidagi Normal shahridagi 2,6 million kvadrat metrlik zavodda batareya paketlari kabi avtomobil qismlarini ishlab chiqaradi.[6] Normal shahridagi zavodda boʻyoq liniyasi, robototexnika, shtamplash boʻlimi va boshqa ishlab chiqarish quvatlari joylashtirilgan. Kompaniyanig qoʻshimcha Carson, Kaliforniya va Buyuk Britaniyada zavodlari mavjud boʻlib elektr energiyasini konversiyalash va ilgʻor muhandislik ishlanmalar uchun moʻljallangan.

2018-yil 20-dekabr kuni professional alpinisti Aleks Xonnold Rivian bilan brend sherigi va hamkori sifatida hamkorligini eʼlon qildi.[31][32] 2019-yil 15-iyun kuni jonli efir paytida, Rivian Honnold Foundation va notijorat Casa Pueblo bilan 2017-yilda Mariya dovulidan jiddiy zarar koʻrgan Puerto-Rikoning Adjuntas shahrida mikrogrid tashkil etishni rejalashtirgan quyosh loyihasi boʻyicha hamkorlik qilishni rejalashtirayotganini eʼlon qildi.[33][34][35] Rivian ishlatilgan batareya paketlarini ishlab chiqarish vositalaridan statsionar energiya saqlash qurilmalariga aylantirishni rejalashtirmoqda. Mikrogrid aholiga asosiy biznes uchun elektr energiyasidan foydalanish huquqini berish uchun moʻljallangan va har kuni Puerto-Rikoda AQShning oʻrtacha koʻrsatkichidan ikki baravar yuqori energiya narxini kamaytirish uchun ishlatiladi. Loyihaning 2020-yilda boshlanishi kutilmoqda.

== Yana qarang ==; Qoʻshma Shtatlardagi elektr transport vositalari

  • Tesla, Inc.
  • Karma avtomobili
  • Faraday kelajak
  • NIO
  • Lucid Motors
  • Byton
  • Fisker Inc.
  • Polestar

Rivian shtab-kvartirasi Kaliforniyaning Irvine shahrida joylashgan boʻlib, uning joylashuvi avtomobil muhandisligi va dizayni, harakatlantiruvchi va akkumulyator tizimini ishlab chiqish va tijorat funksiyalariga qaratilgan. Rivianning Illinoys shtatining Normal shahridagi yagona ishlab chiqarish zavodi akkumulyator paketlari kabi avtomobil komponentlarini ishlab chiqaradi. 2.6 million kvadrat fut (240 000 m2) maydonga ega boʻlgan zavodda boʻyoq sexi, robototexnika, shtamplash mashinalari va inyeksion kalıplama kabi boshqa ishlab chiqarish uskunalari mavjud. Rivianning Michigan shtatining Plimut shahridagi zavodi avtomobilsozlik, prototip yaratish, taʼminot zanjiri va buxgalteriya hisobiga qaratilgan. Rivianning Kaliforniya shtatidagi Palo Alto shahridagi zavodi dasturiy taʼminotni ishlab chiqish va muhandislik, jumladan, oʻzini oʻzi boshqarish xususiyatlariga qaratilgan. Kompaniya Karson (Kaliforniya) va Uoking (Angliya) shaharlarida mos ravishda elektr energiyasini konversiyalash va ilgʻor muhandislik boʻyicha ish olib boruvchi qoʻshimcha ofis joylariga ega.

Rivianʼs Normal zavodi yillar davomida barqaror oʻsib bordi. 2020-yil iyul oyida Rivianning ishlab chiqarish ob'ektiga umumiy maydoni 576 000 kvadrat fut boʻlgan qoʻshimchalar boʻyicha rejalari shahar kengashi tomonidan tasdiqlangan. 2021-yil oktyabr oyida Rivian ob'ektni 623 000 sq fut (57 900 m2) qoʻshimcha bilan oʻstirishni rejalashtirgan edi, agar u qurilsa, Rivian ob'ektining umumiy hajmini 3 900 000 sq ft (3060) ga yetkazadi. m2).

2021-yil dekabr oyida Rivian Atlanta sharqida 5 milliard dollarlik akkumulyator va yigʻish zavodi qurish rejasini e’lon qildi. Qurilish 2022-yilning yozida boshlanishi rejalashtirilgan, avtomobil ishlab chiqarish 2024-yilda boshlanadi va yiliga 400 000 tagacha avtomobil (Wayback Machine saytida 2022-09-22 sanasida arxivlangan) ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Hozirda zavodda 7500 ishchi ishlaydi, bu esa 10 000 ishchiga yetishi mumkin. Baʼzi mahalliy aholi Rivian zavodiga atrof-muhit muammolari va hukumat xarajatlari kabi sabablarga koʻra qarshi, jumladan, Gruziya zavod bilan bogʻliq xarajatlar uchun 125 million dollar ajratishni taklif qilmoqda.

  1. „Rivian“. www.rivian.com. 24-noyabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-noyabr 2018-yil.
  2. „Rivian Automotive, Inc. Registration Statement for Face-Amount Certificate Companies Report“. investors.rivian.com (1-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 13-noyabr 2021-yil.
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 Ryan Denham. „Searching for Clues Into Rivian's Electric Vehicle Future“. WGIT (9-yanvar 2018-yil). 1-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 30-noyabr 2018-yil.
  4. „Avera Motors of Rockledge becomes Rivian Automotive“. Florida Today (10-mart 2011-yil). 17-mart 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 17-mart 2011-yil.
  5. „End Of Shuttle Program Leaves Thousands Jobless“. NPR (11-iyul 2011-yil). 13-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-iyul 2011-yil.
  6. 6,0 6,1 6,2 6,3 „This startup is building self-driving trucks and SUVs for futuristic off-road adventures“. 21-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2018-yil.
  7. 7,0 7,1 Lambert. „An electric vehicle startup comes out of stealth mode and buys shuttered Mitsubishi plant in Illinois“. Electrek (9-yanvar 2017-yil). 10-yanvar 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 9-yanvar 2017-yil.
  8. 8,0 8,1 Prenzler, Christian. „Diving into EV-Startup Rivian’s complex history and their clear vision forward“. Chicago Tribune (9-avgust 2017-yil). 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2017-yil.
  9. 9,0 9,1 Reed, Robert. „Who is the mysterious auto startup that wants to bring jobs back to a shuttered Mitsubishi plant in Normal?“. Chicago Tribune (15-dekabr 2016-yil). 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2017-yil.
  10. „Rivian bids on shuttered Mitsubishi plant in Illinois“ (9-dekabr 2016-yil). 28-iyun 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-iyul 2017-yil.
  11. Ayre, James. „Rivian Automotive (Stealth EV Startup) Granted $49.5 Million In Tax Credits From Illinois, Governor Announces“. Clean Technica (25-mart 2017-yil). 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2017-yil.
  12. Prenzler, Christian. „Mysterious electric vehicle startup, Rivian Automotive closes deal on massive manufacturing facility in Illinois“. Teslarati (6-yanvar 2017-yil). 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1-dekabr 2017-yil.
  13. 13,0 13,1 Denham. „Investor Joins Rivian As Electric Automaker Staffs Up“. www.wglt.org. 18-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2019-yil.
  14. 14,0 14,1 Prenzler, Christian. „Rivian Reveals Strategic Investor and First Vehicles“ (inglizcha) (12-dekabr 2017-yil). 21-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2018-yil.
  15. 15,0 15,1 Buedel. „Rivian in Normal plans November debut for electric off-road vehicles“. Journal Star. 18-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2019-yil.
  16. 16,0 16,1 16,2 „Inside the automotive startup taking EVs off-road“ (inglizcha). 21-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2018-yil.
  17. Prenzler, Christian. „Rivian Announces "Half a Billion" in Funding, Including $200M in Debt from London-based Bank“ (inglizcha) (23-may 2018-yil). 21-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 21-avgust 2018-yil.
  18. Prenzler, Christian. „Editorial: The Perfect Storm is Creating a Promising Future for Rivian“. AdaptLocal Media, LLC (29-iyun 2018-yil). 21-avgust 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-avgust 2018-yil.
  19. Boudette. „Amazon Invests in Rivian, a Tesla Rival in Electric Vehicles“ (15-fevral 2019-yil). 6-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-fevral 2019-yil.
  20. Lienert, Paul; Ajmera, Ankit. „Ford Motor puts $500 million into electric pickup producer Rivian“ (24-aprel 2019-yil). 26-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-aprel 2019-yil.
  21. „Rivian demonstrates battery second-life capabilities in Honnold Foundation partnership“ (inglizcha). Rivian - Media Newsroom (13-iyun 2019-yil). 26-avgust 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 26-avgust 2019-yil. (Wayback Machine saytida 26-avgust 2019-yil sanasida arxivlangan)
  22. Lambert. „Electric pickup maker Rivian can't stop raising money, adds $350 million from Cox Automotive“ (inglizcha). Electrek (10-sentabr 2019-yil). Qaraldi: 11-sentabr 2019-yil.
  23. Amazon is purchasing 100,000 Rivian Electric Vans CNBC.com. Retrieved 20-sentabr 2019-yil.
  24. Channick, Robert. „ʻWe have a new automaker, for real’: Rivian to build 100,000 electric vans for Amazon at its Illinois factory, starting in 2021“. Qaraldi: 21-sentabr 2019-yil.
  25. https://www.motortrend.com/news/rivian-electric-delivery-van-amazon-photos-specs/
  26. „Rivian releases debut video of R1T Electric Adventure Vehicle™“. 5-dekabr 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2018-yil.
  27. Denham. „Rivian Reveals 'Skateboard' Chassis At Michigan Conference“. www.wglt.org. 18-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 18-aprel 2019-yil.
  28. „Electric-Truck Maker Rivian Raises 37.3 Billion in New Funding“ (23-dekabr 2019-yil). Qaraldi: 24-dekabr 2019-yil.
  29. „Pininfarina’s PF1 super-SUV to use Rivian tech“. Autocar India (7-dekabr 2018-yil). 17-dekabr 2018-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 16-dekabr 2018-yil.
  30. Marcus, Frank. „2020 Rivian Pickup and SUV First Look: Elec-Trucks“ (19-iyun 2018-yil). 20-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 20-aprel 2019-yil.
  31. Dorr, Bryon. „Alex Honnold Picks Up a Cutting-Edge Collab From the Future: Rivian“ (21-dekabr 2018-yil). 24-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2019-yil.
  32. „Meet Alex Honnold“ (20-dekabr 2018-yil). 24-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2019-yil.
  33. „Adventurous Forever: RJ Scaringe and Alex Honnold in conversation with Rich Roll“ (15-iyun 2019-yil). Qaraldi: 24-iyun 2019-yil.
  34. Korosec, Kirsten. „Rivian and ʻFree Solo’ star Alex Honnold team up to build solar microgrid with used EV batteries“ (14-iyun 2019-yil). 24-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2019-yil.
  35. Ferris, Dacia. „Rivian’s RJ Scaringe talks on-site farming plans for employees, battery storage solutions“ (17-iyun 2019-yil). 24-iyun 2019-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 24-iyun 2019-yil.