Kontent qismiga oʻtish

Rivojlanish biologiyasi

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rivojlanish biologiyasi - biologiyaning hayvonlar va oʻsimliklarning individual rivojlanish (ontogenez) va harakatlantiruvchi kuchlari mexanizmlarini oʻrganadigan boʻlimi. Rivojlanish biologiyasi 20-asr oʻrtalarida embriologiya asosida, bu fanning sitologiya, genetika, fiziologiya va molekulyar biologiya bilan chegarasida vujudga keldi. Bu fanlar sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar individual rivojlanishda genetik axborotning amalga oshirilishi: sujayralar, toʻqimalar va organlar ixtisoslashuvining molekulyargenetik asoslari; hujayralarning oʻzaro taʼsiri va rivojlanayotgan organizmning bir butunligini taʼminlaydigan jarayo’nlarning boshqarilish mexanizmlari, normal va oʻsmali oʻsishning molekulyar mexanizmlari va boshqa fundamental muammolarni yechishda turli xil yondashishlar va usullarni birlashtirish imkonini berdi.

  • Zussman M., Biologiya razvitiya, per. s angl. M., 1997.[1]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil