Robert Friend
Robert Douglas Friend (talaffuzi: Robert Duglas Friend) — kanadalik futbolchi, hujumchi sifatida oʻynagan. Germaniyaning „Borussia“ klubi va Kanada terma jamoasidagi oʻyinlari bilan tanilgan.
Robert Friend | |
---|---|
Umumiy maʼlumotlari | |
Ism sharifi | Robert Douglas Friend |
Tugʻilgan | 23-yanvar 1981-yil (41 yosh) Rouztaun, Kanada |
Fuqaroligi | Kanada |
Boʻyi | 195 sm |
Pozitsiyasi | hujumchi |
Wikimedia Commonsdagi media fayllar |
Jamoalardagi faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Bolaligida Robert Friend voleybol, regbi, tennis va xokkey sport turlarida ham faoliyat yuritgan.17 yoshida u futbol bilan shugʻullana boshlagan. Kollej yillarida Robert Friend kollej futbol jamoasida oʻynagan. 2003-yilda u Amerikaning „Chicago Fire“ klubiga taklif qilingan, biroq u jamoada bir daqiqa oʻynamay, Norvegiyaning „Moss“ klubiga oʻtgan. Yangi jamoada u vatandoshi Patris Bernier bilan qoʻshilgan. 2004-yilda Robert Friend „Molde“ga koʻchib oʻtgan va u yerda Norvegiya kubogini qoʻlga kiritgan.
2006-yilning yozida Robert FriendGollandiyaning „Heerenveen“ klubiga oʻtib, toʻrt yillik shartnoma imzolaga. Transfer summasi 2 million yevroni tashkil qilgan. 26-avgust kuni „Willem II“ ga qarshi oʻyinda u „Eredivisie“ jamoasidagi ilk golini urgan[1]. 2007-yil boshida Robert Friend „Heracle“ga ijaraga oʻtgan. 15- aprel kuni „Feyenoord“ga qarshi kechgan duelda u „dubl“ga erishgan va yangi jamoasi safidagi ilk gollarini urgan[2].
2014-yil boshida Robert Friend „Los Angeles Galaxy“ga erkin agent sifatida qoʻshilgan[3]. U MLSdagi debyutini 9-mart kuni „Real Salt Lake“ga qarshi oʻtkazgan[4]. Mavsum oxirida Robert Friend MLS kubogi sohibiga aylangan, shundan soʻng u faoliyatini yakunlaganini eʼlon qilgan[5].
Xalqaro karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2001-yilda Kanada yoshlar terma jamoasi tarkibida Robert Friend Argentinada boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etgan.
2003-yil 19-yanvarda AQSh terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Robert Friend Kanada terma jamoasida debyut qilgan[6]. 2006-yil 4-sentabrda Yamayka terma jamoasiga qarshi duelda u terma jamoadagi birinchi golini urgan[7].
2007-yilda terma jamoa tarkibida Robert Friend KONKAKAF oltin kubogining bronza medali sovrindori boʻlgan[8]. Turnirda u Kosta-Rika va Gaiti jamoalariga qarshi oʻyinlarda maydonga tushgan.
2011-yilning yozida Robert Friend ikkinchi marta KONKAKAF oltin kubogida ishtirok etgan[9]. Turnirda u AQSH va Gvadelupa jamoalariga qarshi oʻyinlarda qatnashdi[10].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Kubog | Kontinental | Boshqa | Jami | |||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | Oʻyin | Gollar | ||
Moss | 2003 | 25 | 8 | 3 | 2 | — | — | 28 | 10 | ||
2004 | 16 | 8 | 3 | 0 | — | — | 19 | 8 | |||
Jami | 41 | 16 | 6 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 93 | 35 | |
Molde | 2004 | 6 | 2 | 0 | 0 | — | — | 6 | 2 | ||
2005 | 25 | 10 | 6 | 3 | — | — | 31 | 13 | |||
2006 | 9 | 2 | 0 | 0 | — | 0 | 0 | 9 | 2 | ||
Jami | 40 | 14 | 6 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 46 | 17 | |
Heerenveen | 2006-2007 | 19 | 5 | 1 | 0 | 6 | 0 | 0 | 0 | 26 | 5 |
Heracles Almelo (ijara) | 2006-2007 | 12 | 3 | 0 | 0 | — | — | 12 | 3 | ||
Borussia Mönchengladbach | 2007-2008 | 33 | 18 | 1 | 0 | — | — | 34 | 18 | ||
2008-2009 | 24 | 7 | 1 | 0 | — | — | 25 | 7 | |||
2009-2010 | 26 | 3 | 0 | 0 | — | — | 26 | 3 | |||
Jami | 83 | 28 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 85 | 28 | |
Hertha BSC | 2010-2011 | 25 | 5 | 2 | 1 | — | — | 27 | 6 | ||
Eintracht Frankfurt | 2011-2012 | 13 | 1 | 1 | 0 | — | — | 14 | 1 | ||
2012-2013 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 0 | 0 | |||
Jami | 13 | 1 | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 14 | 1 | |
Eintracht Frankfurt II | 2012-2013 | 1 | 2 | - | — | — | 1 | 2 | |||
1860 Munich | 2012-2013 | 14 | 4 | 0 | 0 | — | — | 14 | 4 | ||
2013-2014 | 10 | 1 | 2 | 0 | — | — | 12 | 1 | |||
Jami | 24 | 5 | 2 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 26 | 5 | |
LA Galaxy | 2014 | 10 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | — | 12 | 0 | |
Umumiy karyerasida | 268 | 79 | 21 | 6 | 7 | 0 | 0 | 0 | 296 | 85 |
Yutuqlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Jamoaviy yutuqlari
„Molde“
- Norvegiya kubogi sohibi — 2005- yil
- MLS kubogi gʻolibi — 2014-yil
Xalqaro yutuqlari
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Херенвен VS. Виллем II 5:0“ (ru). soccerway.com (2006-yil 26-avgust). 2014-yil 6-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ „Хераклес VS. Фейеноорд 4:1“ (ru). soccerway.com (2007-yil 15-aprel). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ „LA Galaxy sign longtime European pro and Canadian international striker Rob Friend | MLSsoccer.com“. 2014-yil 17-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ „Лос-Анджелес Гэлакси VS. Реал Солт-Лейк 0:1“ (ru). soccerway.com (2014-yil 9-mart). 2016-yil 2-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ „Forward Rob Friend retires from professional soccer | LA Galaxy“. 2015-yil 19-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ „США VS. Канада 4:0“ (ru). soccerway.com (2003-yil 19-yanvar). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ „Гаити VS. Канада 0:2“ (ru). soccerway.com (2007-yil 11-iyul). 2016-yil 30-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ „Коста-Рика VS. Канада 1:2“ (ru). soccerway.com (2007-yil 6-iyun). 2017-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ „Канада VS. Гваделупа 1:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 12-iyun). 2017-yil 4-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.
- ↑ „США VS. Канада 2:0“ (ru). soccerway.com (2011-yil 8-iyun). 2016-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 27-noyabr.