Robert Kunkel
Robert Kunkel | |
---|---|
Hocke/Kunkel juftligi 2019-yilda | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Davlat | Germaniya |
Tavalludi |
28-aprel 1999-yil Berlin, Germaniya |
Ona shahri | Berlin |
Boʻyi | 1.83 m (6 ft 0 in) |
Sherigi | Annika Hocke |
Oldingi sheriklari | Talisa Thomalla |
Jamoasi | SCC |
Uchishni boshlagan | 2004 |
Shaxsiy rekordlari | |
Qisqa dastur | 69.13 |
Erkin dastur | 119.62 |
Robert Kunkel (1999-yil 28-aprelda tugʻilgan) — Germaniya vakili sifatida juftlikda konkida uchish musobaqalarida qatnashuvchi figurali uchuvchi. Konkida uchish boʻyicha sherigi Annika Hocke bilan birga 2022 Gran Prix de France turniring bronza medali sovrindori va Xalqaro konkida uchish ittifoqi musobaqasining uchta medalni qoʻlga kirigan, shu jumladan 2022 CS Finlandia Trophy turnirida oltin medal bilan taqdirlangan.
Konkida uchish boʻyicha sobiq sherigi Talisa Thomalla bilan birga uchta Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida qatnashib, 2017-yilda oʻn ikkinchi, 2018-yilda yettinchi va 2019-yilda yana oʻn ikkinchi oʻrinni egallagan.
Faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hocke bilan 2019 — 2020-yilgi mavsum
[tahrir | manbasini tahrirlash]Kunkel, Ruben Blommaert bilan boʻlgan juftligi oʻz nihoyasiga yetganidan koʻp oʻtmay Annika Hocke bilan juftlik hosil qilgan[1]. Juftlik Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri musobaqasining Xorvatiyada va Polshada boʻlib oʻtgan bosqichida ikkita bronza medalini qo‘lga kiritgan va rossiyalik bo‘lmagan yagona jamoa boʻlgan[2]. Juftlik Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran pri finaliga yoʻllanma olish uchun yetarli natija koʻrsatishgan. Kattalar toifasida Hocke / Kunkel juftligi 2019 CS Warsaw Cup musobaqasida debyut qilib, oltinchi oʻrinni egallagan, keyin Germaniyaning milliy chempionatlarida va 2020 Bavarian Open chempionatida kumush medallarni qoʻlga kiritgan[3]. Juftlik 2020-yilgi Yevropa chempionatida ishtirok etib, yettinchi oʻrinni egallagan[4].
Hocke / Kunkel juftligi 2020-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatidan soʻng oʻz mavsumini yakunlagan, ushbu chempionatda ular toʻrtinchi oʻrinni egallagan. Juftlik Monrealda boʻlib oʻtgan Kattalar oʻrtasidagi Jahon chempionatida debyut qilishlari kerak edi, ammo koronavirus pandemiyasi tufayli chempionat bekor qilingan[5].
Dasturlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Hocke bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Mavsum | Qisqa dastur | Erkin dastur |
---|---|---|
2022 — 2023 |
|
|
2021 — 2022 |
|
|
2020 — 2021 |
|
|
2019 — 2020 |
|
|
Natijalari
[tahrir | manbasini tahrirlash]GP: Gran-pri ; CS: ISU Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri
Hocke bilan
[tahrir | manbasini tahrirlash]Xalqaro | ||||
---|---|---|---|---|
Musobaqa | 19 — 20 | 20 — 21 | 21 — 22 | 22 — 23 |
Jahon chempionati | C | 13 | ||
Yevropa chempionati | 7 | 13 | ||
GP Cup of China | C | |||
GP Fransiya | C | 3 | ||
GP Italiya | WD | |||
GP Rostelecom Cup | WD | |||
CS Finlandiya | 11 | 11 | ||
CS Golden Spin | WD | |||
CS Nebelhorn | 2 | 4 | 3 | |
CS Warsaw Cup | 6 | |||
Bavarian Open | 2 | |||
NRW Trophy | 11 | |||
Xalqaro: Oʻsmirlar | ||||
Jahon chempionati | 4 | |||
JGP finali | 6 | |||
JGP Xorvatiya | 3 | |||
JGP Polsha | 3 | |||
Milliy | ||||
Germaniya chempionati. | 2 | WD | ||
WD = musobaqani tark etgan; C = musobaqa bekor qilingan |
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Slater, Paula. „Sui and Han chalk up another win at Gran Premio d’Italia“. Golden Skate (2021-yil 6-noyabr).
- ↑ „Third ISU Grand Prix of Figure Skating event moves from Chongqing (CHN) to Torino (ITA)“. International Skating Union (2021-yil 27-avgust). 2021-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 6-dekabr.
- ↑ Hocke, Annika „2022 NHK Trophy Withdrawal“. Instagram. Instagram. Qaraldi: 2022-yil 15-noyabr.
- ↑ Slater, Paula. „Stellato-Dudek and Deschamps win Grand Prix Pairs’ title in France“. Golden Skate (2022-yil 6-noyabr).
- ↑ Flade, Tatjana. „Germany’s Hase and Seegert claim victory on home ice at Nebelhorn“. Golden Skate (2021-yil 24-sentyabr).