Kontent qismiga oʻtish

Robert Kyorns

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Robert Uilyam Kyorns (1927-yil 10-mart– 2005-yil 9-fevral) amerikalik mexanik muhandis, oʻqituvchi va ixtirochi boʻlib, 1969-yildan hozirgi kungacha koʻpgina avtomobillarda qoʻllangan eng keng tarqalgan oynaartkichlarni ixtiro qilgan. 1964-yil 1-dekabrda yangicha oynaartkichga patent oldi.

Kyorns Ford Motor Company (1978-1990) va Chrysler Corporation (1982-1992) ga qarshi eng mashhur mualliflik huquqi buzilishiga oid kurashlardan biri boʻlib tarixga kirgan . Yengil yomgʻir yoki tumanda foydali boʻlgan intervalgacha oynani tozalash mexanizmini ixtiro qilgan va patentlagan, u texnologiyani litsenziyalashda " Katta uchlik " avtomobil ishlab chiqaruvchilarini (General Motors, Ford va Chrysler) qiziqtirishga harakat qildi. Biroq barcha takliflariga rad javobini oladi, lekin 1969-yildan Fordning Mercury avtomobillarida Kyorns ixtiro qilgan oynaartkichlar bilan chiqa boshladi.

Ford Motor kompaniyasiga qarshi daʼvosi 1978-yilda ochilgan va 1990-yilda tugagan. Kyorns $395 million dollar tovon talab qildi. U 1990-yilda $30 million dollarlik kelishuv taklifini rad etdi va uni hakamlar hay’atiga topshirdi va unga $5,2 million dollar tovon puli berildi; Ford boshqa sud jarayoniga duch kelmasligi uchun $10,2 million dollar toʻlashga rozi boʻldi. [1] [2]

Kyorns asosan Chryslerga qarshi 1982-yilda boshlangan sudda oʻziga oʻzi advokat sifatida ishtirok etdi, hatto tribunada guvohlarni soʻroq qildi. Chryslerga qarshi daʼvo 1992-yilda Kyorns foydasiga hal qilingan. Chrysler Kyonsga foizlar bilan $18,7 million AQSh dollari toʻlashi kerak edi. [3] Chrysler sud qaroriga apellyatsiya berdi, ammo Federal tuman hukmni oʻz kuchida qoldirdi. [4] Oliy sud ishni koʻrib chiqishdan bosh tortdi. [5] 1995-yilga kelib, yuridik toʻlovlar uchun $10 million AQSh dollaridan ortiq sarflaganidan soʻng, Kyorns Chrysler patentining buzilishi uchun taxminan $30 million AQSh dollari miqdorida tovon oldi. [3]

  1. Risen, James. „Inventor Winning Long Legal Battle With Auto Maker : Patents: Robert Kearns developed the intermittent windshield wiper more than 20 years ago. He claims the car companies stole his idea.“ (en-US). Los Angeles Times (1990-yil 24-aprel). Qaraldi: 2018-yil 8-sentyabr.
  2. Klein. „Millions of dollars can't wipe away pain“ (en-US). baltimoresun.com. Qaraldi: 2021-yil 30-oktyabr.
  3. 3,0 3,1 Associated Press, Robert Kearns, 77, Inventor of Intermittent Wipers, Dies, New York Times obituary, February 26, 2005. via Associated Press.
  4. Kearns v. Chrysler Corp., 32 °F.3d 1541 (Fed. Cir. 1994).
  5. 514 U. S. 1032.