Rockstar (Lisa)
„Rockstar“ | |
---|---|
LISA qoʻshigʻi | |
Til | ingliz |
Chiqarilgan sanasi | 28-iyun 2024-yil |
Janr | Hip-hop |
Davomiyligi | 2:18 |
Leybl | Lloud, RCA |
Matn muallif(lar)i | Lalisa Manobal, Brittany Amaradio, James Essien, Lucy Healey, Ryan Tedder, Sam Homaee |
Prodyuser(lar) | Ryan Tedder, Sam Homaee |
"Rockstar" – tailandlik reper va qoʻshiqchi Lisa Manoban, Janubiy Koreyaning qizlar guruhi Blackpink aʼzosi tomonidan yaratilgan musiqa boʻlib, u 2024-yilning 28-iyun kuni Lloud va RCA Records orqali chiqarilgan. Bu uning oxirgi uch yil ichidagi birinchi yakkaxon singli va 2023-yilda YG Entertainment va Interscope Records kompaniyalaridan ketganidan soʻng Lloud va RCA lebyl ostidagi ilk chiqishi hisoblanadi.
„Rockstar“ musiqa tanqidchilari tomonidan iliq kutib olingan boʻlib, „Lisaning eng yaxshi yakkaxon materiali“ deya ijobiy sharhlar bilan taʼriflandi. Qoʻshiq tijoratda yuksak muvaffaqiyat qozonib, Billboard Global 200 reytinggi boʻyicha toʻrtinchi va Billboard Global Excl. US boʻyicha esa birinchi oʻrinni egalladi. Amerika Qoʻshma Shtatlarida qoʻshiq Billboard Hot 100 reytingda Lisaning uchinchi va eng muvaffaqiyatli yakkaxon xiti sifatida 70-oʻrindan joy oldi. Qoʻshiq bilan birgalikda musiqa videosi Tailandning poytaxti va yirik shaharlaridan biri boʻlgan Bangkokda, Henry Schofield rahbarligida suratga olingan va Lloudning rasmiy sahifasi orqali singl bilan bir vaqtda YouTube platformasiga joylandi. Bundan tashqari u Gonkong va Malayziyadagi chartlarda birinchi oʻrinni, Indoneziya, Filippin, Singapur va Tayvanda esa birinchi oʻntalikka kirgan.
Kompozitsiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Rockstar" prodyuseri – Ryan Tedder va Sem Xomaiy; qoʻshiq matni Lisa, Brittani Amaradio, Jeyms Essien, Lusi Xili, Rayan Tedder va Sem Xomaiy tomonidan yozilgan.[1] Qoʻshiq hip-hop janrida boʻlib, „giperpop-bitlar“ va „kiberpank psixodeliya“ sifatida tasvirlangan.[2] Shuningdek, u „2000-yillar boshidagi yapon hip-hopini zamonaviy R&B/hip-hopning bridj davri bilan uygʻunlashuvini eslatadi“ deb taʼkidlangan. Qoʻshiq Tame Impala guruhining „New Person, Same Old Mistakes“ namunasidan foydalangan.
Tanqid
[tahrir | manbasini tahrirlash]"Rockstar" musiqasini NME jurnalida baholash jarayonida Puak Zivey unga besh yulduzdan uchtasini qoʻyish bilan birgalikda, „maqtashga arzigulik“ lirikasi „Qancha imkon mavjud boʻlsa, shu qadar u jozibali“, „Lisaning shu paytgacha yaratilgan barcha yakkaxon musiqalaridan ham yuqoriga koʻtardi“ deya qoʻshimcha qiladi. Bundan tashqari, Puas "Lisa, sen menga yapon tilini oʻrgata olasanmi? Men: "Salom, salom, " dedim, degan jumlasini „Osiyoni irqiy monolit deb hisoblovchilarni“ tanqid qilish maʼnosida ishlatilgan „chiroyli zaharxanda“ deya tan oldi.[3] Ekta Sinha „Rockstar“ni yilning eng yaxshi K-pop reytinggida oʻninchi eydi va Lisaning eng yaxshi yakkaxon ishi hamda uni „Lalisa“ (2021) singl albomi kabi „joʻshqin“ deb taʼrifladi[4].
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lisaning 2021-yil sentabr oyida YG Entertainment kompaniyasi orqali chiqargan „Lalisa“ debyut singl-albomi hamda „Lalisa“ va „Money“ singllari butun dunyo boʻyicha mashhur boʻlib, tijoratda muvaffaqiyatga erishdi.[5][6] 2023-yil dekabr oyida YG Entertainment uning individual faoliyat uchun shartnomasini uzaytirmaganlini haqida xabar berdi.[7] 2024-yilning fevral oyida esa Lisa oʻzining Lloud nomli kompaniyasiga asos soldi.[8] Ikki oy oʻtgach, u Lloud va RCA Records kompaniyalari oʻrtasida yakkaxon musiqa chiqarish uchun moʻljallangan hamkorlik shartnomasini imzoladi.[9] „Rockstar“ musiqasi Lisaning YG Entertainment kompaniyasidan ketganidan beri Lloud va RCA Records ostida birinchi chiqishi hisoblanadi. [10]
Musiqa videosi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Lisa klip loyihasini „Tailand madaniyati va haqiqiy Tailand koʻcha hayotiga qasida“ deya taʼriflab,[11] uni Tailandning turli joylarida, xususan, Bangkokning Chinatown shahridagi Yaowarat yoʻli va New Phetchaburi yoʻlidagi tugatilgan kinoteatrda suratga oldi. Xabar qilinishicha, u musiqiy videoni suratga olishni osonlashtirish uchun Yaowarat yoʻlidagi har bir doʻkon egasiga 20 000 ₹ (540 AQSH dollari) toʻlagan.[12] Yoʻl 3 soat davomida – soat 2:00 dan 5:00 gacha ketma-ket uch kun davomida yopilgan.[13][14]
Kuchli xoreografiyani namoyish etgan klipda 100 ta tailandlik raqqoslardan iborat truppa ishlagan.[15]
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ https://web.archive.org/web/20240701011805/https://www.billboard.com/music/music-news/lisa-rockstar-best-new-music-poll-results-1235721004/
- ↑ https://web.archive.org/web/20240702151251/https://www.koreatimes.co.kr/www/art/2024/07/398_377868.html
- ↑ https://www.nme.com/reviews/track/blackpink-lisa-rockstar-review-3769415
- ↑ https://web.archive.org/web/20240630143919/https://elle.in/the-10-best-k-pop-songs-so-far-in-2024/
- ↑ https://mb.com.ph/2021/09/17/blackpink-lisas-lalisa-album-sets-records-with-736000-copies-sold-in-first-week/
- ↑ https://www.billboard.com/business/record-labels/blackpink-lisa-signs-rca-solo-recordings-1235652948/
- ↑ https://n.news.naver.com/entertain/article/003/0012292465
- ↑ https://web.archive.org/web/20240208083307/https://www.nme.com/news/music/blackpink-lisa-launch-own-artist-management-company-lloud-3584291
- ↑ https://variety.com/2024/music/news/blackpink-lisa-lloud-partner-with-rca-1235965867/
- ↑ https://web.archive.org/web/20240614081318/https://www.nme.com/news/music/blackpink-lisa-solo-comeback-confirmed-3765582
- ↑ https://en.m.wikipedia.org/wiki/Rockstar_(Lisa_song)#cite_note-21
- ↑ https://www.sanook.com/news/9465442/
- ↑ https://www.komchadluek.net/entertainment/foreign-entertainment/577943
- ↑ https://www.sanook.com/news/9463798/
- ↑ https://web.archive.org/web/20240628165424/https://vogue.sg/lisa-rockstar-mv-review/