Rodolphe d'Erlanger
Qiyofa
ERLANJE (d’Erlanje) Rudolf (1872, Bulon, Parij yaqinida – 1932.29.10, Tunis, SidiBuSaid) – fransuz olimi, Yevropada musiqiy sharqshunoslik fanining asoschilaridan. 1910-yil Tunisga kelib, arab tilini mukammal oʻzlashtirgan. Oʻrta asr Sharq olimlari (Forobiy, Ibn Sino, Safiuddin alUrmaviy va boshqalar)ning musiqa risolalarini fransuz tiliga tarjima qilgan, ulardagi tabulatura yozuvlarini yevropacha nota yozuviga koʻchirgan, 6 jildli „Arab musiqasi“ (Parij, 1930—59) toʻplamida eʼlon etib, ilk bor Yevropada ilmiy muomalaga kiritgan. E. yana „Shimoliy Afrika xalq qoʻshiqlari“ va „Tunis taronalari“ toʻplamlarini tuzgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |