Rodop togʻlari
Rodop togʻlari — Bolqon yarim oroldagi togʻlar. Bolgariya va Gretsiyada. Uzunligi 240 km. Eng baland joyi 2191 m. Sharqqa tomon pasayib borgan bir qator togʻ massivlaridan iborat. Ohaktosh, qumtosh, kristalli va vulkan jinslaridan tuzilgan. Yillik yogʻin gʻarbida 1000 mm gacha, sharqiy qismida 650 mm. Daryolari serostona, gidroenergiya zaxiralariga boy, GES, suv omborlari qurilgan. Yon bagʻirlarining quyi qismida butazorlar, shim. yon bagʻirlarida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, 1800–2000 m dan balandda subalp oʻtloqlari bor. Rodop togʻlarining gʻarbiy qismida oʻrmonchilik rivojlangan. Sharqiy Rodop togʻlarida tamaki plantatsiyalari, tokzorlar barpo qilingan. Foydali qazilmalardan temir, xrom, polimetall rudalari uchraydi. Mineral suvli buloqlar bor. Balneologik va iklim kurorti koʻp. Turizm rivojlangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |