Kontent qismiga oʻtish

Rogʻib Alama

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Rogʻib Alama

Rogʻib Alama
Umumiy maʼlumot
Tavalludi 7-iyun 1962-yil
Janrlar arabcha pop
Faoliyat yillari 1982-hozirgacha
Fuqaroligi Livan
Turmush oʻrtogʻi Jihan Ali ann
Amplua qoʻshiqchi, raqqos, telekoʻrsatuvlar muallifi va bastakor

Rogʻib Alama(arabcha: راغب علامة) — livanlik qoʻshiqchi, raqqos, telekoʻrsatuvlar muallifi va bastakordir. Shuningdek, oʻzining shaxsiy xayriyaviy fondlari 1962-yil 7-iyunda tugʻilgan. Rogʻib ilk marta 1980-yilda „Studiya al-fan“ koʻrsatuvida ishtirok etgan va Platinum mukofoti bilan taqdirlangan.

Rogʻib 1962-yil 7-iyunda Livanning Bayrut shahrida shia oilada tugʻilgan. Otasi Subhi Alama, onasi Vafiqa Alama boʻlib, 4 ta akasi va 3 ta singlisi bor. Akalarining ismlari Muhammad, Ahmad, Hadir va Hasan. Singillarining ismlari esa Sabiha, Rima va Lina. Musiqaga kichikligidan qiziqqan, 8 yoshida ud(arab milliy cholgʻu asbobi)ni chalishni oʻrgangan va radioeshitirishda ushbu isteʼdodini namoyan etgan. 1996-yilda Jihan al-Ali bilan turmush qurgan. Hozirda ikki nafar farzandi bor.

Uning ilk qo'shig'i "Atafarraju al-halva" bo'lgan. Livan Arab Radiosida "Ya bint as-sulton"("Ey Sultonning qizi") qo'shig'ini kuylagan va shu kuylagan qo'shig'i tufayli mashhurlikka erishgan. Bundan tashqari uning "Mabruk" va "Abalak an-nag'm" qo'shiqlari Livan va Suriyalik muxlislari tarafidan yaxshi kutib olingan. Uning ilk albomi "Bukra bibram dulabak" nomi ostida 1985-yilda taqdim etilgan. Uning albomlari ommalashish bo'yicha ko'pgina arab qo'shiqchilarining eng mashhur albomlarini ham ortda qoldirgan. Masalan, "Tav'am ruhiy"("Ruhimning egizagi") albomi 300 000, "Va lav darot al-ayyam"("Kunlar o'tmasa edi") albomi 250 000, "Allamtaniy ahabba ad-dunya"("Sen menga dunyoni sevishni o'rgatding") albomi 700 000 nusxada sotilgan.

Diskografiyasi

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Studiyaviy albomlari

  • "Ya royt"(1986);
  • "Al-hadya"(1987);
  • "Dov ul-layl"(1988);
  • "Ma yajuvz"(1989);
  • "Ya hayat"(1993);
  • "Tav'am ruhi"(1995);
  • "Allamtiniy"(1996);
  • "Farq kabir"(1996);
  • "Habibi ya nasi"(1999);
  • "Tib liyh"(2002);
  • "Al-hub al-kabir"(2004);
  • "Habib dohkatiy"(2014);