Kontent qismiga oʻtish

Rohat Safarova

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Rohat Gʻaybulloyevna Safarova
Tavalludi 1958-yil
Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Kasbi pedagog
Sohasi pedagogika
Ilmiy darajasi pedagogika fanlari doktori
Ilmiy unvoni professor
Mukofotlari

Rohat Gʻaybulloyevna Safarova (1958-yil, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olima, pedagogika fanlari doktori, profesor.

Rohat Safarova 1958-yilda Oʻzbekiston SSRda tugʻilgan. 1988-yildan Oʻzbekiston Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot institutida kichik ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, yetakchi ilmiy xodim, boʻlim va ilmiy laboratoriya mudiri lavozimida faoliyat olib borgan. Hozirda institutning „Uzluksiz ta’lim pedagogikasi va psixologiyasi“ boʻlimi mudiri[1].

Ilmiy faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rohat Safarova 2003—2021 yillar davomida Oʻzbekistonda oʻzbek sinflari uchun muntazam tarzda chop etilayotgan „Alifbe“ darsligi hamda „Oʻqituvchi kitobi“ metodik qoʻllanmasi, maxsus maktablar uchun Brayl yozuvidagi „Alifbe“ darsligi, 18 ta monografiya, 20 ta metodik qoʻllanma, 5 ta oʻquv dasturi, 3 jildli „Pedagogika“ ensiklopediyasi, „Alifbe“ darsligi asosida xorijiy tillarni oʻrganish boʻyicha 2 ta multimediali qoʻllanma muallifi[1].

  1. 1,0 1,1 1,2 Oʻzbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi, 1-tom (oʻzbekcha), Toshkent: Science and Innovation, 2022 — 342-bet.