Kontent qismiga oʻtish

Roja Hoji Fisabililloh masjidi

Koordinatalari: 2°55′56.8″N 101°38′52.8″E / 2.932444°N 101.648000°E / 2.932444; 101.648000
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Masjid
Roja Hoji Fisabililloh masjidi
malaycha: Masjid Raja Haji Fisabilillah
Roja Hoji Fisabililloh masjidi
Mamlakat  Malayziya
Selangor Cyberjaya shahri, Sepang shaharchasi
Koordinatalar 2°55′56.8″N 101°38′52.8″E / 2.932444°N 101.648000°E / 2.932444; 101.648000
Yoʻnalishi sunniy (shofiʼiylik)
Masjid turi Masjid
Meʼmoriy uslub Zamonaviy futuristik masjid
Meʼmor ATSA Architects Sdn Bhd

(Cyberview Sdn Bhd tomonidan moliyalashtirilgan)

Binokorlik 2013-yil 5-aprel—2015-yil 24-fevral
Oʻlchami 8500 nafar
Bino maydoni ichki maydoni: 7,646.1 m2 (82,302 sq ft)
Minoralar soni 1
Minoralar soni 1
Sayt Rasmiy sayt
Roja Hoji Fisabililloh masjidi namozxonasi

Roja Hoji Fisabililloh masjidi (malaycha: Masjid Raja Haji Fisabilillah) yoki Cyberjaya masjidi – Malayziyadagi 13 ta davlatdan biri Selangorning Cyberjaya shahri Sepang shaharchasida joylashgan asosiy masjid[1]. Ushbu zamonaviy futuristik bino Indoneziyaning Penyengat orolidan boʻlgan Bugilar jangchisi Roja Hoji Fisabililloh ibni Daeng Chelak sharafiga nomlangan. U, shuningdek, 1777-yildan 1784-yilgacha Johor-Riau sultonligining Yang Dipertuan Muda (valliahd shahzodasi) boʻlgan.

Masjidning qurilish ishlari 2013-yil 5-aprelida boshlangan va 2015-yil 24-fevralida yakunlangan. Bino 2016-yil 22-iyunda Selangor sultoni Sulton Sharafuddin Idrisshoh tomonidan hijriy 1437-yil ramazon oyining 17-kunida Nuzul Qur’on bayrami munosabati bilan rasman ochib berilgan.