Kontent qismiga oʻtish

Rojiy Margʻiloniy

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Rojiy Margʻiloniy (taxallusi; asl ism-sharifi Xoʻjajon Xoʻja Nizomiddin Xoʻja oʻgʻli, 1834 — Margʻilon — 1918) — shoir. Qoʻqon va Buxoro madrasalarida tahsil olgan. Xushxat va savodxon boʻlganligi uchun mirzalik qilgan. Shoirning adabiy merosi 10 ming misraga yaqin: ular gʻazal, muhammas, masnaviy, muammo, ruboiy, tuyuq, qitʼa, fard, taʼrix kabi adabiy janrlarda bitilgan. R. lirik sheʼrlarida pok insoniy sevgini, olijanob fazilatni ulugʻlaydi, zulm va adolatsizlikdan noliydi. "Qozi saylov", "Saylov" hajviyalarida amaddorlarni, poraxoʻr qozilarni tanqid qiladi, oʻz davri saylovining mohiyatini ochib beradi. "Toy", "Toychoq" kabi masnaviylarida mustamlakachilik zulmi ostida qashshoqlashgan xalqning turmushini, ochlik, muhtojlik hukm surayotgan muhitni qoralaydi. R. Dukchi eshon voqeasi haqida ham sheʼrlar yozgan. Hofiz, Jomiy, Alisher Navoiy, Bedil, Fuzuliy, Nodira va Furqat kabi shoirlarning gʻazallariga nazira va taxmislar bitgan.[1]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil