Kontent qismiga oʻtish

Romen Zohidov

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Romen Abdullayevich Zohidov (1937— 17.12, Toshkent) — geliotexnik olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (2000), texnika fanlari doktori (1984), professor (1986). Moskva energetika institutini tugatgan (1961). Shu institutda katta ilmiy xodim (1966—69), Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida katta ilmiy xodim (1969—71), Ilmiy asbobsozlik loyi-ha-konstruktorlik va texnologiya Mar-kaziy byurosi direktori (1971 — 86), Energetika va avtomatika instituti direktori (1986-yildan). Ilmiy ishlari, asosan, yuqori temperaturali geliotexni-kaning dolzarb masalalariga, yuqori potensialli jamlovchi tizimlar na-zariyasini hisoblash, loyihalash va yaratish texnologiyasi hamda ularni ma-teriallarni sinashda, mahsulotlar va energetik qurilmalarda qoʻllashga ba-gishlangan. Z.ning ilmiy ishlaridan quyosh elektr st-yasini (Qrim), yuqori tempaturali issiqlik fizikasi kompleksini (Mahachqala sh.), Quyosh pechini (Yerevan), yuqori temperaturali stendlarni ("Kvant" IICHB) yaratishda foydalanilgan.

  • Texnologiya i ispitaniya gomotexni-cheskix konsentriruyushix sistem, T., 1978. Nurli energiya konsentratsiyasining koʻzguli tizimlari, T., 1986; Sanoatda energotejamkorlik, T., 1993.[1]


  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil