Kontent qismiga oʻtish

Ronald L. Rivest

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Ronald L. Rivest

Ronald Rivest 2012-yil
Tavalludi
Ronald L. Rivest

6-may 1947-yil
Fuqaroligi AQSH bayrogʻi AQSh
Taʼlimi Yel universiteti, Stenford universiteti
Kasbi Kriptografiya
Faoliyat yillari Massachusets texnologiya instituti
Mukofotlari Turing mukofoti

Ronald L. Rivest 1947-yilda tugʻilgan (Schenectady shahar, New York, AQSH), amerikalik kompyuter mutaxassisi. Rivest amerikalik kompyuter mutaxassisi Leonard M. Adleman va isroillik kriptograf Adi Shamir birgalikda hammuallif hisoblanadi. 2002-yil A. M. Turing mukofoti, „ingenious contribution for making public-key cryptography useful in practice“ ilmiy ishi uchun taqdirlangan. Uch olim oʻzlarining RSA shifrlash deb nomlanuvchi „Kriptografik aloqa tizimi va usuli“ ni patentladilar va patent huquqlarini Massachusets texnologiya instituti (MIT)ga topshirishdi[1].

Hayoti va ish faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Rivest Yel universitetida matematika boʻyicha bakalavr (1969) va Stenford universitetida kompyuter fanlari boʻyicha doktorlik (1974) darajasini qoʻlga kiritdi. Stenfordni tark etgach, Rivest MITga bordi (1974-yil). Millionlab odamlar elektron pochta va boshqa raqamli tranzaktsiyalarni himoya qilish uchun RSA shifrlashdan foydalangan. 2006-yilda Rivest ovoz berish tizimini eʼlon qilib uni „ThreeBallot“ deb nomladi. Uni jamoat mulkiga joylashtirdi. ThreeBallot – bu qogʻoz tizimi boʻlib, saylovchilarga oʻz ovozlari toʻgʻri yozilganligini tekshirishga imkonini beradi va oxirigacha audit natijalarini yaratadi[2]. Rivest MIT kompyuter fanlari boʻyicha Viterbi professori. MIT kompyuter fanlari va sunʼiy intellekt laboratoriyasi va MIT hisoblash nazariyasi guruhi aʼzosi ham. MIT kriptografiyasi va axborot xavfsizligi guruhining asoschisi. Rivest Tomas X. Kormen va Charlz E. Leyserson bilan birgalikda „Algoritmlarga kirish“ (1990) kitobining hammuallifidir.

Rivest AQSh Milliy muhandislik akademiyasiga, AQSh Milliy fanlar akademiyasiga, hisoblash mashinalari assotsiatsiyasiga hamd Kriptografik tadqiqotlar xalqaro assotsiatsiyasiga va Amerika sanʼat va fanlar akademiyasiga saylangan. Tyuring mukofotidan tashqari, Rivest, Adleman va Shamir 2000-yilda Elektr va elektronika muhandislari instituti Koji Kobayashi kompyuterlar va aloqa mukofotiga sazovor boʻlishdi[3].

  • 1991-yil – AAAS stipendiyasi (Amerika fan taraqqiyoti assotsiatsiyasi)
  • 1996-yil – Milliy kompyuter tizimlari xavfsizligi mukofoti
  • 1997-yil – Kanellakis mukofoti
  • 2000-yil – Kompyuterlar va kommunikatsiyalar boʻyicha Koji Kobayashi mukofoti (A. Shamir va L. Adleman bilan birgalikda)
  • 2002-yil – Tyuring mukofoti (A. Shamir va L. Adleman bilan birgalikda)
  • 2005-yil – MITX muvaffaqiyatli mukofoti
  • 2007-yil – Markoni mukofoti
  • 2007-yil – Kompyuterlar, erkinlik va shaxsiy daxlsizlik konferensiyasi „Hurmatli innovator“ mukofoti
  • 2008-yil – MIT EECS departamentining Burgess va Elizabet Jeymison mukofoti.
  • 2008-yil – Katolik de Louvain universiteti qoshidagi Luven muhandislik maktabining faxriy doktori
  • 2009-yil – NEC C&C mukofoti (A. Shamir va L. Adleman bilan birgalikda)
  • 2010-yil – MITning Killian fakulteti muvaffaqiyati mukofoti
  • 2011-yil – RSA 2011 Konferensiyaning muvaffaqiyatli mukofoti (A. Shamir va L. Adleman bilan birgalikda)
  • 2012-yil – Milliy kiberxavfsizlik shon-sharaf zali – kompyuter xavfsizligi sohasidagi ajoyib ishlar uchun berilgan mukofoti
  • 2017-yil – BBVA Foundation Frontiers of Knowledge Awards mukofoti
  • 2009-yil fevral oyi oxirida Rivest CiteSeer loyihasida eng koʻp keltirilgan mualliflar roʻyxatida 5-oʻrinni egalladi.


  1. Archived at Ghostarchive and the Wayback Machine: RSA Conference „The Cryptographers' Panel“ (2014-yil 25-fevral).
  2. „Ronald (Ron) Linn Rivest“. ACM Turing Award laureates. Association for Computing Machinery. Qaraldi: 2023-yil 15-aprel.
  3. Archived at Ghostarchive and the Wayback Machine: „Faculty Forum Online: Ron Rivest“. YouTube.