Rosa × kordesii
Rosa × kordesii | |
---|---|
Rosa × kordesii 'L 15', bir xil ajdod turi bilan chatishtirilgan bir nechta bogʻda oʻsuvchi atirgullaridan biri | |
Ilmiy tasnifi | |
Olam: | Plantae |
Sinf: | Tracheophytes |
Katta sinf: | Angiosperms |
Oʻrta sinf: | Eudicots |
Kichik sinf: | Rosids |
Tartib: | Rosales |
Oila: | Rosaceae |
Turkum: | Rosa |
Tur: | R. × kordesii
|
Binomial nomi | |
Rosa × kordesii |
Rosa × kordesii yoki Rosa kordesii — tabiiy ravishda chatishtirilganidan keyin xromosomalarning ikki baravar koʻpayishi natijasida paydo boʻlgan qizil gul turi hisoblanadi. R. lucieae oʻrtasida Rosa „Maks Graf“ deb nomlangan gibrid yaratilgan, ammo u diploid va deyarli yangi tur boʻlib, gullarni hosil qiladi, lekin meva yoʻq tugmaydi. Bu atirgul oʻz-oʻzini changlatish natijasida bir necha barovar yashovchanlik xususiyatga ega boʻlgan urugʻ hosil qilgan va natijada hosil boʻlgan koʻchatlar diploid oʻrniga tetraploid boʻlgan, yaʼni gul changi va tuxum hujayralarining xromosomalari tabiiy ravishda koʻpaygan.
Seleksion navlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻsimlikning tetraploid koʻchatlar amfidiploiddir[1]. „K01 AgCan“ deb ham ataladigan qoʻshaloq toʻq pushti rangli navlarning gullari va takroriy gullashdan iborat turlari 1951-yilda V. Kordesning Söhne tomonidan seleksiya usulida yaratilgan[2]. Bu tetraploid atirgul navlar bir-biri bilan oson chatishadi, lekin diploid ajdodlari bilan chatisha olmaydi. Biologik turlar konsepsiyasi ostida tetraploid gibrid atirgullar va ularning avlodlari uchun Rosa × kordesii yangi tur nomi yaratilgan[3].
Amfidiploid atirgullar diploid duragaylaridan oʻsimliklarning oʻsib borayotgan turlari tanasida kolxitsin nomli purkagichidan foydalangan holda maʼlum maqsadlar asosida yaratilishi mumkin. Biroq, bu natija kam muvaffaqiyatlar beradi, chunki oʻsimlik toʻqimalari turli hujayralardagi turli xil xromosoma oʻlcham va koʻrinishgalariga ega ekanligidir[4]. Amfidiploid atirgullar, shu jumladan Rosa × kordesii, tabiiy tetraploid atirgullar bilan birgalikda naslchilik dasturlarida maʼlum darajada ishlatilgan[1].
Foydalanishi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rosa × kordesii petal ekstrakti 5 va 25 °C da saqlanganida kamida 3-4 oy barqaror holatda saqlanadi. Turli oʻsimliklar va ularning gullari, shuningdek, boshqa qismlari uchun foydali maʼlumotlarni toʻplash uchun zarur boʻladi. Seleksiyada bu isbotlangan tajriba faolligi quyosh nuriga qarshi kurashda uning ahamiyati va profilaktika foydasini koʻrsatdi. Bu bugungi kunda sanoatda qoʻllaniladigan zararli kimyoviy quyosh nurlariga yaxshiroq, arzonroq va xavfsiz muqobil boʻlib hizmt qiladi[5].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ 1,0 1,1 Janick, J. (2010), Plant Breeding Reviews, Wiley, ISBN 9780470650127 page 176
- ↑ Rosa kordesii H. Wulff rose Description, Helpmefind.com, qaraldi: 13 November 2015
- ↑ Wulff, H.D. (1951), „Rosa Kordesii, eine neue amphidiploide Rose“, Der Züchter, 21 (4–5): 123–132, doi:10.1007/BF00709566
- ↑ name="Janick">Janick, J. (2010), Plant Breeding Reviews, Wiley, ISBN 9780470650127Janick, J. (2010), Plant Breeding Reviews, Wiley, ISBN 9780470650127 page 176
- ↑ Sachin G. Lokapure (2013), „In vitro determination of sun protection factor and chemical stability of Rosa kordesii extract gel“, Journal of Pharmacy Research, 7 (6): 520–524, doi:10.1016/j.jopr.2013.05.021