Ross Turnbull
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Ross Turnbull[1] | ||
Tavallud sanasi | 4-yanvar 1985-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Bishop Auckland, Angiya | ||
Boʻyi | 1.93 m[3] | ||
Ampluasi | Darvozabon | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
–2002 | Middlesbrough | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2002–2009 | Middlesbrough | 27 | (0) |
2003 | → Darlington (ijara) | 1 | (0) |
2004 | → Barnsley (ijara) | 3 | (0) |
2004 | → Bradford City (ijara) | 2 | (0) |
2004–2005 | → Barnsley (ijara) | 23 | (0) |
2005–2006 | → Crewe Alexandra (ijara) | 29 | (0) |
2007 | → Cardiff City (ijara) | 6 | (0) |
2009–2013 | Chelsea | 7 | (0) |
2013–2014 | Doncaster Rovers | 28 | (0) |
2014–2015 | Barnsley | 22 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2000 | Angliya U-16 | 1 | (0) |
2001–2002 | Angliya U-17 | 4 | (0) |
2002–2003 | Angliya U-18 | 5 | (0) |
2003–2004 | Angliya U-19 | 8 | (0) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) |
Ross Turnbull (1985-yil 4-yanvar) – angliyalik sobiq professional futbolchi. Darvozabon pozitsiyasida oʻynagan. 2002-2015-yillar oraligʻida Middlesbrough, Chelsea, Crew Alexandra va Doncaster Rovers kabi jamoalarda faoliyat olib borgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnbull avval Byerley Park boshlangʻich maktabi soʻngra Woodham Community Technology Collegeda oʻqigan. U oʻzi tugʻulgan shahrining jamoasi Newton Aycliffe Youth Centre AFC tarkibida yarim himoyachi sifatidaoʻynagan, keyinchalik murabbiyi Artur Vickerstaff uni darvozabon pozitsiyasida oʻynatishni boshlagan[4]. Unda North-East Darlington va Sunderland jamoalariga qoʻshilish imkoni boʻlgn, ammo Turnbullning oʻzi Middlesbrough akademiyasiga borib qoʻshiladi[5].
Karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Middlesbrough
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnbull yoshlar klubida faoliyat olib borganidan soʻng 2002-yilda Middlesbrough bilan professional shartnoma imzoladi. 20030-yilgi FIFA yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida Angliya U-20 tarkibiga jalb qilindi.
2007-yil iyul oyida Turnbull EFL Championship klubi boʻlgan Cardiff City bilan bir mavsumlik ijara shartnoma tuzadi[6]. U uzoq vaqt davomida Cardiff posboni boʻlgan Neil Aleksandr ketishi munosabati bilan unga oʻrinbosar sifatida olib kelindi. Biroq dastlabki oʻyinlaridagi xatolari tufayli u Preston North End jamoasi bilan kechgan 2-2 hisobidagi oʻyinda zaxiraga olinadi va asosiy tarkibdagi oʻrinin yoʻqotadi. Soʻngra Middlesbrough ikkinchi raqamli darvozaboni Brad Jones jarohat olganidan keyin 2007-yil 5-oktabr kuni oʻz klubiga qaytadi[7]. U jarohatdagi asosiy darvozabon safga qaytgunga qadar ikki oʻyin oʻtkazdi. Ulardan biri 2007-yil 9-dekabrda Arsenal ustida qozonligan gʻalabaga toʻgʻri keldi.
11 yildan ortiq Middlesbrough tarkibida boʻlgan Mark Schwarzer 2008-yil yozida klubni tark etib Fulhamga borib qoʻshiladi[8]. Middlesbrough murabbiyi Gareth Southgate yangi darvozabonni sotib olmasdan Turnbull va Jonesga asosiy darvozabon boʻlish uchun kurashish imkonini beradi[9]. Jones mavsumning birinchi oʻyinini asosiy tarkibda oʻtkazgan boʻlsa-da, mashgʻulotlarda jarohat olganidan soʻng Turnbull keyingi haftadagi Liverpoolga qarshi maydonga tushadi[10]. 2009-yil iyun oyida Turnbull Middlesbrough bilan shartnomasi yakunlangandan soʻng klubni tark etishini eʼlon qiladi[11].
Chelsea
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnbull 2009-yil 2-iyul kuni Chelseaga erkin agent sifatida kelib qoʻshiladi va klub bilan toʻrt yillik shartnoma imzolaydi[12]. Turnbull asosiy tarkib darvozaboni boʻlish uchun Petr Čech bilan raqobatlashishiga tayyor ekanligini eʼlon qiladi[13]. Turnbull debyut oʻyinidagi ketma-ket xatolaridan keyin jamoasi 4-0 hisobi bilan Aston Villaga magʻlub boʻladi va oqibatda Turnbull toʻlaqonli zaxira darvozaboniga aylanadi[14].
U asosiy jamoadagi debyutini Bolton Wanderersga qarshi Liga Kubogi doirasida 23 daqiqada jarohatlangan Hilário oʻringa tushgan holda oʻtkazadi, oʻyin Chelsea foydasiga 4-0 hisobida yakunlanadi[15]. U UEFA Chempionlar Ligasidagi debyutini esa APOEL qarshi 2-2 hisobida yakunlangan oʻyinda oʻtkazadi[16]. U Premyer Ligadagi dastlabki oʻyinin esa ikkkala darvozabon Hilário va Petr Čech ham jarohatlangandan soʻng West Ham Unitedga qarshi oʻtkazgan[17].
U 2010-yilgi Angliya kubogi finalida Portsmouthga qarshi oʻyinda qaydnomaga kiritilmaydi, shunga qaramasdan unga ham medallar topshiriladi[18]. Oʻsha mavsum Premyer ligada yetarlicha oʻynamaganligi sababli chempionlik medali berilmaydi[18].
2011-2012-yilgi Premyer liga mavsumida faqatgina oxirga ikki oʻyinda u maydonga tushadi. Chempionlar ligasida ham maydonga tushmagan boʻlishiga qaramasdan oltin medallar unga ham taqdim etiladi.
Toʻrt mavsum davomida Londonliklar safida toʻp surgan Turnbull 2013-yil 30-iyunda shartnoma yakunlangandan soʻng klubni tark etadi[19].
Doncaster Rovers
[tahrir | manbasini tahrirlash]2013-yil 31-iyul kuni Ross Chempionshipga yangi chiqqan jamoa Doncaster Rovers bilan bir yillik shartnoma imzoladi[20]. Klubdagi debyutini mavsuming dastlabki turida oʻtkazdi va uchta gol oʻtkazib yubordi. Ushbu oʻyinda jamoasi Blakpoolga 3-1 hisobida magʻlub boʻldi[21]. 2015-yilning fevral oyi boshida Turnbullning boʻgʻinlaridan olgan jarohati tufayli uch-toʻrt haftaga safdan chiqqani maʼlum boʻladi[22].
Leeds United
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turnbull 2015-yilning 15-iyul kuni Leeds United bilan ikki yillik shartnoma imzolaydi[23]. Turnbull Mark Silvestri bilan 1-raqam uchun raqobat qilishini aytadi [24]. 2015-yil 31-iyul kuni Turnbullga 2015-2016-yilgi mavsum uchun 22-raqam berildi[25].
Turnbull 2015-yilning 12-avgustida Leedsdagi debyutini oʻzining sobiq klubi Doncaster Roversga qarshi League kubogida oʻtkazadi. 1-1 hisobida yakunlangan oʻyinda Doncaster penaltilar seriyasida gʻalaba qozonib keyingi bosqichga yoʻllanma olgan[26].
2017-yil 17-may kuni Turnbull Leeds bilan shartnomasini uzaytirmaganligi eʼlon qilindi[27].
Murabbiylik faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]Faoliyatini yakunlagandan soʻng Turnbull Leedsga raqib darvozabonlari oʻyinlarini tahlil qiluvchi mutaxasis sifatida qoʻshiladi. U bir yildan soʻng 2017-yilda Chelsea klubida ham huddi shu vazifani bajara boshlaydi.
2018-yil mart oyida xohishiy ravishda Turnbull Hartlepool United klubi murabbiylar shtabiga darvozabonlar murabbiyi sifatida qoʻshiladi[28]. 2018-yil may oyida Matyu Bates murabbiy etib tayinlanishi bilan u ham toʻlaqonli bu vazifani egalagan[29]. 2020-2021-yilgi mavsum yakunida Turnbull sobiq Chelsea jamoasi uchun skaut vazifasini bajarishni boshlaydi[30].
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Uning ikki farzandi boʻlib 2008-yilda tugʻilgan Maisy ismli qizi[31] va Josh ismli oʻgʻli bor[32].
Statistikasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Klub | Mavsum | Liga | Umumiy | |||
---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Oʻyinlar | Maqsadlar | Oʻyinlar | Gollar | ||
Darlington (ijara) | 2003–04 | Third Division | 1 | 0 | 1 | 0 |
Barnsley (iajra) | 2003–04 | Second Division | 3 | 0 | 3 | 0 |
Bradford City (ijara) | 2004–05 | League One | 2 | 0 | 2 | 0 |
Barnsley (ijara) | 2004–05 | League One | 23 | 0 | 24 | 0 |
Crewe Alexandra (qimmat) | 2005–06 | Championship | 29 | 0 | 29 | 0 |
Middlesbrough | 2005–06 | Premyer Liga | 2 | 0 | 2 | 0 |
2006–07 | 0 | 0 | 1 | 0 | ||
2007–08 | 3 | 0 | 3 | 0 | ||
2008–09 | 22 | 0 | 23 | 0 | ||
Umumiy | 27 | 0 | 29 | 0 | ||
Cardiff city (qarz) | 2007–08 | Championship | 6 | 0 | 8 | 0 |
Chelsea | 2009–10 | Premyer Liga | 2 | 0 | 5 | 0 |
2010–11 | 0 | 0 | 2 | 0 | ||
2011–12 | 2 | 0 | 5 | 0 | ||
2012–13 | 3 | 0 | 7 | 0 | ||
Umumiy | 7 | 0 | 19 | 0 | ||
Doncaster Rovers | 2013–14 | Championship | 28 | 0 | 31 | 0 |
Barnsley | 2014–15 | League One | 22 | 0 | 27 | 0 |
Leeds United | 2015–16 | Championship | 0 | 0 | 0 | 0 |
Umumiy | 148 | 0 | 174 | 0 |
Sovrinlar
[tahrir | manbasini tahrirlash]Chelsea
- Angliya kubogi: 2009-10[34], 2011-2012
- UEFA Chempionlar Ligasi: 2011–2012
- UEFA Yevropa ligasi: 2012-2013
Individual
- Middlesbrough yilning eng yaxshi yosh futbolchisi: 2007-2008
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „EFL: Club retained and released lists published“. English Football League (2016-yil 23-iyun). Qaraldi: 2020-yil 15-mart.
- ↑ „FIFA Club World Cup Japan 2012 presented by Toyota: List of Players“. FIFA (2012-yil 29-noyabr). 2012-yil 7-dekabrda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Player Profile: Ross Turnbull“. Premier League. 2013-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-iyul.
- ↑ Fraser, Paul. „Turnbull's journey from park to Premier League“. The Northern Echo (2008-yil 18-oktyabr). Qaraldi: 2020-yil 25-avgust.
- ↑ Fay, Chris. „So proud – the junior club where it all began for Ross“. The Northern Echo (2009-yil 4-iyul). Qaraldi: 2009-yil 4-iyul.
- ↑ „Bluebirds swoop for Boro keeper“. BBC Sport (2007-yil 29-iyul). Qaraldi: 2010-yil 12-mart.
- ↑ „Ross Returns From Loan Spell“. Middlesbrough F.C.. 2014-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-iyul.
- ↑ „Fulham complete Schwarzer signing“. BBC Sport (2008-yil 22-may). Qaraldi: 2008-yil 24-avgust.
- ↑ Steel. „Jones and Turnbull will get their chance - Southgate“. Gazette Live (2008-yil 9-iyul). Qaraldi: 2014-yil 3-iyul.
- ↑ Hughes, Ian. „Liverpool 2–1 Middlesbrough“. BBC Sport (2008-yil 23-avgust). Qaraldi: 2008-yil 24-avgust.
- ↑ „Turnbull to Leave Boro“. Sky Sports (2009-yil 5-iyun).
- ↑ „Chelsea bring in keeper Turnbull“. BBC Sport (2009-yil 2-iyul). Qaraldi: 2009-yil 2-iyul.
- ↑ Dall, James. „Turnbull up for the fight“. Sky Sports (2009-yil 8-iyul). Qaraldi: 2010-yil 12-mart.
- ↑ „Reserve report: Chelsea 0 Aston Villa 4“. Chelsea F.C.. 2014-yil 6-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 3-iyul.
- ↑ Dawkes, Phil. „Chelsea 4 – 0 Bolton“. BBC Sport (2009-yil 28-oktyabr). Qaraldi: 2010-yil 12-mart.
- ↑ McNulty, Phil. „Chelsea 2 – 2 Apoel Nicosia“. BBC Sport (2009-yil 8-dekabr). Qaraldi: 2010-yil 12-mart.
- ↑ „Chelsea 0 – 1 Inter (agg. 1 – 3)“. BBC (2010-yil 16-mart). Qaraldi: 2010-yil 17-mart.
- ↑ 18,0 18,1 David Hytner. „Chelsea's keepers of the faith demand more recognition“. The Guardian (2010-yil 24-iyul). Qaraldi: 2011-yil 13-fevral.
- ↑ „GOODBYE TURNBULL“. Chelsea F.C. (2013-yil 30-iyun). 2013-yil 1-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-iyun.
- ↑ „Goalkeeper Ross Turnbull joins new arrivals at Doncaster“. Sky Sports News (2013-yil 31-iyul). Qaraldi: 2013-yil 31-iyul.
- ↑ „Championship: Blackpool open season with 3-1 away win at Doncaster“. Sky Sports (2013-yil 4-avgust). Qaraldi: 2013-yil 4-avgust.
- ↑ Vitalnetwork Ltd. „Doncaster Rovers - DRFC Turnbull out for a month“. vitalfootball.co.uk. 2015-yil 23-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 10-iyun.
- ↑ „Ross Turnbull: Leeds United sign Barnsley goalkeeper“. BBC Sport (2015-yil 15-iyul). Qaraldi: 2015-yil 15-iyul.
- ↑ „TURNBULL VOWS TO CHALLENGE FOR NO.1“. Leeds United Official Site (2015-yil 16-iyul). Qaraldi: 2015-yil 16-iyul.
- ↑ „2015/16 SQUAD NUMBERS ANNOUNCED“. Leeds United Official site (2015-yil 31-iyul). Qaraldi: 2015-yil 31-iyul.
- ↑ „DONCASTER: UNITED EXIT CUP ON PENALTIES“. Leeds United Official site (2015-yil 12-avgust). Qaraldi: 2015-yil 12-avgust.
- ↑ „2017/18 RETAINED LIST“. Leeds United F.C (2017-yil 17-may). Qaraldi: 2017-yil 17-may.
- ↑ „Matthew Bates discusses the impact of ex-Sunderland man Ged McNamee and former Chelsea and Middlesbrough keeper Ross Turnbull at Pools“. Hartlepool Mail (2018-yil 20-mart). Qaraldi: 2018-yil 4-may.
- ↑ „Meet The New Management Team - News - Hartlepool United“. 2018-yil 5-mayda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Ross Turnbull sends classy parting message to Hartlepool United ahead of new role at former club Chelsea“. Hartlepool Mail.
- ↑ Fay, Chris. „So proud – the junior club where it all began for Ross“. The Northern Echo. Newsquest (2009-yil 4-iyul). Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ Schilken, Chuck. „Watch goal-scoring toddler upstage a retiring Chelsea veteran“. Los Angeles Times (2013-yil 21-may). Qaraldi: 2017-yil 8-may.
- ↑ Ross Turnbull Soccerbase saytida
- ↑ „Chelsea's keepers of the faith demand more recognition“. TheGuardian.com (2010-yil 24-iyul).
- 4-yanvarda tugʻilganlar
- 1985-yilda tugʻilganlar
- UEFA Yevropa Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- UEFA Chempionlar Ligasida gʻolib boʻlgan futbolchilar
- Angliya Premyer-ligasi futbolchilari
- Chelsea F.C. futbolchilari
- Erkak futbol darvozabonlari
- Angliyalik erkak futbolchilari
- Yashayotgan insonlar
- Alifbo boʻyicha sportchilar