Rossiya-Buxoro shartnomalari

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rossiya-Buxoro shartnomalari — Rossiya imperiyasi bilan Buxoro amirligi oʻrtasida 1868, 1873, 1885, 1894, 1900-yillarda tuzilgan shartnomalar. Bu shartnomalar podsho Rossiyasiga Buxoro amirligi xududidan har tomonlama foydalanish imkoniyatini bergan.

1868-yil 23 iyun sulh shartnomasi. Buxoro bilan Rossiya qoʻshinlari oʻrtasida boʻlgan Zirabuloq jangidan keyin Samarqandda imzolangan. Bu shartnomaga binoan, Xoʻjand, Oʻratepa, Jizzax, Samarqand va Kattaqoʻrgʻon sh.laridan to Zirabuloqqacha boʻlgan Buxoro amirligining yerlari Rossiyaga kiritildi va Turkiston generalgubernatorligi tarkibida Zarafshon okrugi (keyinchalik Samarqand viloyati) tashkll qilindi. Buxoro amiri Muzaffar oltin hisobida 500 ming rubl harbiy tovon toʻlagan va rus savdogarlariga amirliqda erkin savdosotiq qilish uchun qulay shartsharoit yaratib berish majburiyatini olgan. Rus mollaridan ular qiymatining atigi 2,5% miqsorida boj oladigan boʻlgan.

1873-yil 28 sentabr shartnomasida Buxoro amirligi Rossiyaning protektorati (tobesi; homiyligi ostidagi hudud) deb eʼlon qilingan. Zarafshon daryosining yuqori qismi — Sharqiy Buxoro (Badaxshon, Pomir)dagi ayrim viloyatlar qoʻldan ketgan; Amudaryoning chap sohilidagi yerlar esa (Balx, Mozori Sharif, Shibirgʻon, Qunduz va boshqalar) Afgʻonistonga berilgan. Buxoroning xorijiy davlatlar bilan mustaqil aloqa yuritishi taqiklangan.

1885-yil 25 iyul shartnomasida Buxoro amirligi hududidan temir yoʻl oʻtkazishga kelishilgan. Yoʻl qurilishi uchun 6 ming desyatina yer ajratilib, rus maʼmurlari ixtiyoriga topshirilgan. 1885-yil 12 noyabr

da Buxoro amirligida "Rossiya imperatorligining siyosiy agentligi" taʼsis qilingan (qarang Buxorodagi vakolatxonalar).

1894-yil 27 may shartnomasi iqtisodiy xususiyatga ega boʻlib, unga koʻra har yili 15 noyabrdan 10 martgacha Zarafshon daryosining suvi amirlik yerlariga toʻliq, 10 iyundan 15 avgustgacha (dehqonchilik uchun suv eng kerak paytda) esa faqat 40% oqiziladigan boʻlgan.[1]

Manbalar[tahrir | manbasini tahrirlash]

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil