Rossiya biatlonchilar ittifoqi
Qiyofa
Rossiya biatlonchilar ittifoqi — bu butunrossiya jamoat tashkiloti. Xalqaro biatlon ittifoqining (IBU) vaqtinchalik aʼzosi (Xalqaro biatlon ittifoqining 2017-yil 10-dekabrdagi qarori)[1].
RBI faoliyatining maqsadlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- fuqarolarning sogʻlom turmush tarzini shakllantirish omillaridan biri sifatida maʼnaviy va jismoniy tarbiyaning birligiga qaratilgan jismoniy tarbiya va sportga boʻlgan huquqlarini amalga oshirishga koʻmaklashish;
- Rossiya Federatsiyasida biatlonni rivojlantirish, takomillashtirish, targʻib qilish va ommalashtirish, shaxsning har tomonlama va barkamol rivojlanishida biatlonga asoslangan jismoniy tarbiya va sportning rolini oshirish, xalqaro miqyosda biatlonning mavqeini mustahkamlash va nufuzini oshirish;
- sport harakatida doʻstlikni mustahkamlash va biatlon sohasida xalqaro sport aloqalarini amalga oshirish;
- sportchilarning yuqori koʻrsatkichli sport turlari boʻyicha natijalarga erishish mahoratini oshirish, shuningdek, sport zaxiralarini tayyorlash boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Rossiya Federatsiyasida biatlonni rivojlantirish uchun sharoit yaratishda yordam berish.
Tarixi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Rossiya biatlonchilar ittifoqi (RBI) 1992-yilda tashkil etilgan va Rossiya Federatsiyasining 49 ta subyektining sport tashkilotlarini birlashtiradi.
2017-yil dekabr oyida IBU Rossiya biatlon ittifoqining huquqlarini chekladi. Bunga Rossiya sportidagi qator „doping mojarolari“ sabab boʻlgan. Rossiyalik biatlonchilar xalqaro musobaqalarda qatnashish huquqini saqlab qolishdi, ammo mamlakat IBU va uning xalqaro federatsiyadagi vakillari shafeligida turnirlar oʻtkazish huquqidan mahrum boʻldi[2].
RBI prezidentlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Novikov Evgeniy Petrovich (1992-yil 26-fevral — 1995-yil 25-sentabr)[3]
- Tixonov Aleksandr Ivanovich (1995-yil 25-sentabr — 2008-yil 27-oktabr)
- Proxorov Mixail Dmitriyevich (2008-yil 27-oktabr — 2014-yil 20-may)
- Kravtsov Aleksandr Mixaylovich (2014-yil 20-may[4] — 2018-yil 18-may)
- Drachev Vladimir Petrovich (2018-yil-18-may — 2020-yil 11-iyul)[5]
- Maygurov Viktor Viktorovich (2020-yil 11-iyuldan boshlab)
Rahbariyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]2014-yil 20-may holatiga koʻra[6][7].
Boshqaruv organi
|
Nazorat-taftish komissiyasi
|
Yana qarang
[tahrir | manbasini tahrirlash]Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Страны-участники IBU“ (deadlink). 2011-yil 16-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 14-mart.
- ↑ Rasxodi Soyuza biatlonistov Rossii na vosstanovlenie prav previsili €1 mln
- ↑ „20 лет СБР. Глава 1. Февральская революция“ (deadlink). 2012-yil 29-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 25-fevral.
- ↑ Smenщik Proxorova vzyal noviy kurs.
- ↑ Chepikov: novoe rukovodstvo SBR namereno sozdat blagopriyatniy klimat v sbornoy Rossii
- ↑ Sostav Pravleniya SBR sokraщen do vosmi chelovek.
- ↑ „Вне конкуренции: Кравцов стал новым главой СБР, получив 5 заветов от Прохорова.“ (deadlink). 2014-yil 20-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 20-may.
Havolalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Rossiya biatlonchilar ittifoqining rasmiy sayti
- Rossiya biatlonchilar ittifoqi ilmiy-metodik markazining rasmiy sayti
- Rossiya biatlonchilar ittifoqi Facebook ijtimoiy tarmogʻida
- Twitter ijtimoiy tarmogʻida Rossiya biatlonchilar ittifoqi
- Vkontakte ijtimoiy tarmogʻida Rossiya biatlonchilar ittifoqi