Kontent qismiga oʻtish

Rostov-Don

Koordinatalari: 47°14′0″N 39°42′0″E / 47.23333°N 39.70000°E / 47.23333; 39.70000
Vikipediya, ochiq ensiklopediya
(Rostov-na-Donudan yoʻnaltirildi)
Rostov-Don

Ростов-на-Дону
shahar
{{{rasmiy_nomi}}}ning bayrogʻi
Bayroq
{{{rasmiy_nomi}}}ning rasmiy gerbi
Gerb
47°14′0″N 39°42′0″E / 47.23333°N 39.70000°E / 47.23333; 39.70000
Mamlakat Rossiya
Federal subyekt Rostov viloyati
Hukumat
 • Hokim Mixail Chernishov
Asos solingan 1749
Qachondan beri shahar 1807
Maydon 354 km2 (137 kv mi)
Markazi balandligi 50 m
Aholisi
 (2015)
1 115 000[1]
Zichligi 3118 kishi/km2
Milliy tarkib
Vaqt mintaqasi UTC+4
Telefon kodi 863
Pochta indeks(lar)i 344000—344999
Avtomobil kodi 61, 161
OKATO kodi 60401
Rostov-Don xaritada
Rostov-Don xaritada
Shahar Dumasi binosi.

Rostov-Don (ruscha: Ростов-на-Дону) — Rossiyadagi shahar, Rostov viloyati markazi. Yirik temir yoʻl, shosse va havo yoʻllari tuguni. Daryo porti. Don daryosi boʻyida, uning Azov dengiziga quyilish joyidan 46 km uzoqlikda joylashgan. Aholisi 1 115 000 kishi (2015).[1] 7 tumanga boʻlingan.

Rostov-Don — yirik sanoat markazi. Asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, shu jumladan, qishloq xoʻjaligi („Rostselmash“ ishlab chiqarish birlashmasi va boshqalar), dastgohsozlik, aviasozlik, elektrotexnika, radioelektron, kimyo, yengil (koʻn-poyabzal, trikotaj birlashmasi, tikuvchilik fabrikalari), oziq-ovqat (tamaki, qandolat fabrikalari, goʻsht mahsulotlari, vino zavodlari), yogʻochsozlik sanoatlari mavjud.

Shaharda 9 oliy oʻquv yurti (shu jumladan, universitet), konservatoriya, 4 teatr faoliyat koʻrsatadi. Oʻlkashunoslik, tasviriy sanʼat muzeylari bor. Rostov-Donga 1749-yilda Temernitskaya bojxonasi va porti sifatida asos solingan. 1761-yilda mitropolit Dmitriy Rostovskiy sharafiga „Rostovskaya“ deb nomlangan qalʼaning qurilishi boshlangan. 1806-yildan Rostov-Don nomini olgan. 20-asr boshlarida Rostov-Don hududiga Naxichevan-Don shahri (1778-yilda asos solingan) ham kiritilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida shaharni 2 marta nemis fashistlari egallagan. 1943-yilda ozod qilingan.[2]