Kontent qismiga oʻtish

Rota

Vikipediya, ochiq ensiklopediya

Rota (polyakcha rota, nem. Rotte — tuda, otryaddan) — koʻpgina davlatlar qurolli kuchlaridagi motooʻqchi (motopiyoda askarlar, piyoda askarlar), tank, muhandislik qoʻshinlari va boshqalardagi taktik boʻlinma. Dastlab 15-asr oxiri — 16-asr boshida Gʻarbiy Yevropa davlatlarining yollanma armiyalarida tuzilgan. Hozirgi zamonda Rota bir necha vzvoddan iborat boʻlib, batalyon (polk) tarkibiga kiradi, mustaqil ham boʻlishi mumkin. Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida Rota guruh deb nomlanadi[1].

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil