Rotonda (inshoot)
Qiyofa
Rotonda (lotincha: rotundus — yumaloq) — aylana shaklidagi inshoot [bino, pavilon (koʻshk), zal, shiypon, ayvoncha va hokazo]. Odatda, tomi gumbazli qilib bekiladi, perimetr boʻyicha kolonnalardan tiklanadi. Yunoniston va Qad. Rimning baʼzi ibodatxona va maqbaralari R. shaklida qurilgan. Oʻrta asrlar va Uygʻonish davri meʼmorligida ham uchraydi. Keyinchalik boshqa mamlakatlar meʼmorligida ham tarqalgan. Oʻzbekistonda Alisher Navoiy, alFargʻoniy, Shahidlar xotirasi yodgorliklari va boshqa meʼmoriy inshootlarda R. uslubi qoʻllangan.[1]
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |