Rozanov kovuli
Rozanov kovuli | |
---|---|
Ilmiy tasniflash | |
Olam: | Eukariotlar |
Tip: | Gulli oʻsimliklar |
Sinf: | Ikki urugʻpallalilar |
Turkum: | Kovul |
Oila: | Kovuldoshlar |
Binar nomi | |
Capparis rosanowiana |
Rozanov kovuli (lotincha: Capparis rosanowiana) — kovuldoshlar oilasi, kovul turkumiga mansub, koʻp yillik gulli oʻsimlik turi. Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan. Surxondaryo viloyati hududida uchrovchi endemik tur[1].
Tasnifi
[tahrir | manbasini tahrirlash]Boʻyi 1 metrgacha yetadigan, serpoya, sertikan, koʻp yillik oʻt oʻsimlik. Oʻq ildiz tizimiga ega. Chuqur choʻzilgan uzun ildizlar oʻsimlikka uzoq muddatli qurgʻoqchilik va yuqori haroratlarda omon qolish imkonini beradi. Poyasi oʻtkir, ilgaksimon tikanlarga ega. Yosh poyalari zich baxmalsimon sariq rangli tuklar bilan qoplangan. Poyasi yerbagʻirlab sudralib oʻsadi. Barglarining shakli choʻziq va nashtarsimon, kulrang-zaytun yashil rangda, baxmalsimon tuklar bilan qoplangan. Gullari barg qoʻltigʻida yakka-yakka joylashadi, diametri 5-8 sm. Gul tuzilishi toʻgʻri, sariq rangli, koʻp changchili. Arilar yordamida changlanadi. Mevasi koʻsak meva, nashtarsimon, uzunligi 30 sm ga yetadi, qoʻngʻir rangli, koʻndalang tomirlar bilan qoplangan. May-iyun oyida gullab mevasi, iyul-avgustda yetiladi. Urugʻi orqali koʻpayadi. Urugʻlari hayvonlar orqali tarqaladi. Unib chiqqanining beshinchi yilidan urugʻ bera boshlaydi.
Tarqalishi va oʻsish sharoiti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Oʻzbekiston Respublikasi Surxondaryo viloyati hududida: faqat Bobotogʻda oʻsadi. Ochilib qolgan ola jinslarda, baʼzan ohaktoshlarda va nuragan qumtoshlarda uchraydi. Shoʻrlanishga chidamli. Tabiatda yakka holatda uchraydi. Oʻsimlik soni va oʻsish hududlarining kamayishi sabablari sifatida oʻsib turgan yerlarning turli maqsadlarda oʻzlashtirilishi koʻrsatilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi bogʻida ekib oʻstirilmoqda. Tabiatda oʻsib turgan joylari nazorat ostiga olingan[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Каперсы розанова“.
- ↑ O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi I jild, 2019.