Kontent qismiga oʻtish

Roziya Mukminova

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Roziya Galiyevna Mukminova
Мукминова Розия Галиевна
Tavalludi 31-dekabr 1922-yil
Vafoti 12-yanvar 2007-yil(2007-01-12)
(84 yoshda)
Toshkent
Kasbi tarixchi sharqshunos, Markaziy Osiyoning oʻrta asrlar tarixi boʻyicha mutaxassisi
Faoliyat yillari 1958-2022

Roziya Galiyevna Mukminova (1922 — 2007)— sovet tarixchisi va sharqshunosi. Tarix fanlari doktori.

R.G.Mukminova 1922-yil 31-dekabrda Qozon shahrida tug‘ilgan. Otasi — Muhammad Gali Mirgali o‘g‘li (1887-1969-yillarda yashab o‘tgan), asli qozonlik bo‘lgan. Onasi — Mukminova (Baxtiyarova) Xadicha Shigabitdinovna (1892-1980-yillarda yashab o‘tgan) [1] — Qozon viloyati Sviyajskiy tumani Girdan qishlog‘idan bo‘lgan[2] . 1930-yilda Roziyaning  otasiga hukumat tomonidan ,,huquqdan mahrum” degan tamgʻa qoʻyilishi natijasida yuzaga kelgan tazyiqlar natijasida Mukminovlar oilasi dastlab Oʻzbekiston SSRning Qoʻqon shahriga, keyinchalik esa 1936-yilda Toshkent shahriga koʻchib oʻtishga majbur boʻlgan.


1939-yilda R.Mukminova Toshkent shahridagi 80-sonli o‘rta maktabni tamomlab, shu yili O‘rta Osiyo Davlat universiteti (SADU)ning Tarix fakultetiga o‘qishga qabul qilingan . Ushbu davrda Ulug‘ Vatan urushi boshlanishi munosabati bilan Moskva va Leningraddan Toshkentga bir qancha Ilmiy-tadqiqot muassasalari yetakchi mutaxassislari evakuatsiya qilingan. Shu sabab  Mukminova talabalik yillaridayoq S.B.Baxrushin, V.I.Belyayev, B.D.Grekov, A.Y.Yakubovskiy, I.P.Petrushevskiy va boshqa mashhur tarixchi, sharqshunos va etnograf olimlarning ma’ruzalarini tinglashga muvaffaq bo‘lgan . R.G.Mukminova o‘z qaydlarida mazkur davr haqida shunday yozadi: ,,bu davr... hayotimning qolgan qismiga katta taʼsir koʻrsatdi” . 1944-yilda O‘rta Osiyo Davlat universiteti (SAGU)ning Tarix fakultetida o‘qishni imtiyozli diplom bilan tugatgan R.Mukminova aspiranturada o‘qishini davom ettirish uchun tavsiyanomani qo‘lga kiritadi. Natijada 1944-yili Toshkent shahrida yangi tashkil etilgan O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Tarix va arxeologiya institutining (hozirgi O‘zbekiston Respublika Fanlar akademiyasi Tarix instituti) birinchi aspiranturasiga o‘qishga qabul qilingan [3] . 1948-yilda tarixchi  Mukminova nomzodlik dissertatsiyasini yakunlash uchun Leningraddagi SSSR Fanlar akademiyasining Sharqshunoslik institutiga (hozirgi Rossiya Fanlar akademiyasining Sharq qo‘lyozmalari instituti) yuborilgan va u yerda professor I.P.Petrushevskiy rahbarligida o‘z faoliyatini davom ettirgan (1898-1977-yillarda). Roziya Mukminova tomonidan 1949-yilda Leningradda ,,Temuriylar va Shayboniylar oʻrtasida Movarounnahr uchun kurash (Shayboniylar davlatining tashkil topish tarixi haqida)” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Rasmiy opponentlar sifatida A.Y.Yakubovskiy (1886-1953-yillarda) va N.D.Mukluxo-Maklay (1915-1975-yillarda) ishtirok etgan.

O‘sha yili Mukminova Toshkentga qaytgan va O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix institutining Qadimgi va o‘rta asrlar tarixi bo‘limida faoliyatini davom ettirgan. Tarixchi olim umrining oxirigacha ushbu dargohda faoliyat olib borgan.

1966-yilda R.G.Mukminovaning ,,XVI asrda O‘zbekistonda agrar munosabatlar tarixiga doir” nomli birinchi monografik tadqiqoti ,,Vakf-name” materiallari asosida nashr etilgan[4].O‘rta asr Sharq tarixi bo‘yicha taniqli mutaxassis A.N. Boldirev bu tadqiqotni ,,Ilm-fanga qo‘shgan ulkan hissasi”, deb e’tirof etgan. 1976-yilga kelib Mukminovaning ,,XVI asrda Samarqand va Buxoro hunarmandchiligi tarixi ocherklari” monografiyasi ham chop etilgan[5]. Ushbu monografiya nashr qilinganidan bir necha oʻn yillar oʻtgach, yapon tadqiqotchisi X.Komatsu ham mazkur asarni musulmon Sharqining oʻrta asr shaharlari tarixi sohasidagi ,,eng koʻzga koʻringan asar” deya, e’tirof etgan[6] .11985-yilda R.Mukminovaning ,,XVI-XVI asrlarda O‘zbekistonda shaharlar aholisining ijtimoiy tabaqalanishi” [7] nomli navbatdagi monografiyasi nashrdan chiqqan. Sovet tarixchisi va sharqshunosi Mukminovaning jami 250 dan ortiq ilmiy ishlari chop etilgan.

  1. „Разия Галиевна Мукминова“.
  2. {{{заглавие}}}.
  3. Алимова Д.А., Абдурасулов У.А (ред.). Академия наук в интеллектуальной истории Узбекистана. Ташкент: Yangi nashr, 2012 — 73—78-bet. 
  4. Мукминова Р.Г.. К истории аграрных отношений в Узбекистане XVI в. По материалам "Вакф-наме". Ташкент: Издательство АН УзССР, 1966. 
  5. Мукминова Р.Г.. Очерки по истории ремесла в Самарканде и Бухаре XVI в., монография, Ташкент: Издательство АН УзССР, 1976. 
  6. Komatsu H.. Central Asia. Historical Survey of Islamic Urban Studies, Printed in Japan, 1991 — 292-bet. 
  7. Мукминова Р.Г.. Социальная дифференциация населения городов Узбекистана в XVI - XVI вв.. Ташкент: Фан, 1985.