Ruben Andriasyan
Bu maqola vikilashtirilishi kerak. |
Ruben Andriasyan | |
---|---|
ruscha: Рубен Андриасян | |
Tavalludi |
1938-yil 31-oktabr Rossiya, Kabarda-Balkariya, Nalchik |
Vafoti |
2022-yil 25-may Olmaota |
Fuqaroligi | SSSR, Qozogʻiston |
Kasbi | teatr rejissori, oʻqituvchi-professor |
Faoliyat yillari | 1963-2022 |
Turmush oʻrtogʻi | Valentina Andriasyan |
Bolalari | Oʻgʻli – Armen Andriasyan, qizlari – Anna, Karina |
Mukofotlari | Qozogʻiston xalq artisti |
Ruben Surenovich Andriasyan (1938-yil 31-oktabr, Nalchik – 2022-yil 25-may) – rejissyor, oʻqituvchi, Qozogʻiston xalq artisti (1992).
Biografiya
[tahrir | manbasini tahrirlash]Otasi – Andriasyan Suren Nikolaevich (1904-1956). Onasi – Andriasyan Anna Lezerevna (1908-1992). 1963-yilda Yerevan davlat teatr va rassomlik institutini teatr va televideniye rejissyori mutaxassisligi boʻyicha tamomlagan.
Mehnat faoliyati
[tahrir | manbasini tahrirlash]- 1963-65-yillarda Qiziloʻrda viloyat qozoq drama teatrida bosh rejissyor boʻlgan.
- 1965-66-yillarda Qoʻstanay viloyat rus drama teatrining, 1966-72-yillarda Qaragʻanda viloyat rus drama teatrida bosh rejissyor boʻlib, koʻplab rus va chet el dramaturgiyasi spektakllarini sahnalashtirgan.
- 1972-74-yillarda – M.Yu. Lermontov nomidagi Davlat akademik rus drama teatri direktori.
- 1974-1983-yillarda Yoshlar tomoshabinlar teatri bosh rejissyori.
- 1983-yildan – M.Yu. Lermontov nomidagi Davlat akademik rus drama teatrining badiiy rahbari.
- 1979-yildan Qozogʻiston Milliy Badiiy Akademiyasi Yoritish va rejissyorlik kafedrasi professori.
Spektakllari
[tahrir | manbasini tahrirlash]„Tiflisdagi toʻy“ (A. Sagareli, 1974), „Yosh gvardiya“ (A.Fadeevning romani asosida, 1975), „Mavsumdagi xayrlashuv“ (A.Vampilov, 1975), „Janasu“ (R. Ibragimbekov, 1975), „Xotira duosi“ (Sholom-Aleyhom, 1990), „Sirano de Berje rak“ (E.Rostan, 1983), „It yuragi“ (M.Bulgakov, 1988), „Uch opa-singil“ (A. Chexov, 1992), „Sarang“ (J. Moler, 1994), „Ezop“ (G.Figey redon, 2000) „Imirttagʻi mahabbat“ (G.Gauptman, 2002) va boshqalar spektakllar[1].
Mukofotlari
[tahrir | manbasini tahrirlash]- Mehnat Qizil bayrogʻi
- Doʻstlik (RF)
- „Parasat“ orden va medallari bilan taqdirlangan.
- Qozogʻiston Respublikasi Davlat mukofoti sovrindori.
- Mustaqil „Platina Tarlan“ mukofoti sovrindori.
- Qozogʻiston Respublikasi xalq artisti.
Shaxsiy hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]Turmush oʻrtogʻi – Andriasyan Valentina Ivanovna (1946-yilda tugʻilgan), oʻqituvchi. Oʻgʻli – Andriasyan Armen (1967-yilda tugʻilgan); qizlari – Anna (1969-yilda tugʻilgan), Karina (1980-yilda tugʻilgan)[2].
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ Qazaq mәdenietі. Ensiklopediyaliq aniqtamaliq. – Almati: „Aruna Ltd.“ JShS, 2005. – 656 b. ISBN 9965-26-095-8
- ↑ Qazaqstan Respublikasinda kіmnің kіm ekenі. Yekі tomdiq aniqtamaliq. Almati, 2011 jil. ISBN 978-601-278-473-2