Kontent qismiga oʻtish

Ruben Mirimanov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Mirimanov Ruben
Tavalludi 1911-yil 10-avgust
Toshkent
Vafoti 1996-yil
Moskva Rossiya
Fuqaroligi SSSR bayrogʻi SSSR
Rossiya bayrogʻi Rossiya
Taʼlimi Moskva energetika instituti
Mukofotlari

Ruben Gayevich Mirimanov (1911-1996) – rus olimi (kvant radiotexnika, radar va radionavigatsiya sohalari mutaxasisi), Stalin mukofoti sovrindori (1952).

1911-yil 10-avgustda[1] Toshkentda tugʻilgan. Petrograd politexnika institutida oʻqigan, 1914-yilda talabalar inqilobiy Harakatlarida qatnashgani uchun oʻqishdan va frontga yuborilgan. Otasi — Gaik Sedrakovich Mirimanov, 1918-yilda vafot etgan. Onasi oʻqituvchi boʻlgan. Turmush oʻrtogʻi – Vera Ivanovna Mirimanova, kimyo muhandisi, Vakuum tadqiqot institutida ishlagan. Ularning bolalari yoʻq edi.

1928—1930-yillarda onasi, Gʻarbiy Sibir oʻlkasi, Novosibirsk viloyati, Leninskiy tumani, Dragunino qishlogʻidagi ikta sinfli maktabda oʻqtituvchi va maktab rahbari boʻlib ishlagan.

1930—1936-yillar oraligʻida Moskva energetika institutini oʻqib tugatadi. 1936—1939-yillar oraligʻida esa aspiranturani oʻqiydi. 1940-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan[2]. 1936-yildan Butunittifoq elektrotexnika institutida (VEI), 1940 yildan katta ilmiy xodim. Urush boshlanishidan biroz oldin Mirimanov SSSR Fanlar akademiyasining doktoranturasiga oʻqishga kirgan.

1941—1946-yillarda. Qizil Armiyada xizmat qilgan, urush qatnashchisi, muhandis-kapitan, 559-alohida VNOS batalonining aniqlash asboblari muhandisi.

1946-yilda demobilizatsiya qilinib, doktoranturani tiklab oladi. Shu bilan birga, u 16-Markaziy aloqa ilmiy-tadqiqot institutiga (Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining Qizil yulduz ordeni 16-Markaziy tadqiqot sinov instituti Signal korpusi marshali A. I. Belov nomidagi) oʻqishga kiradi. Mirimanov ilmiy-tadqiqot institutida uzoq vaqt ishlaydi. Lekin, asosan yarim kun ishlagan.

1947-yildan 1954-yilning 1-yanvargacha SSSR Fanlar akademiyasining Avtomatika va telemexanika institutida katta ilmiy xodim boʻlib ishlagan. 1954-yil 1-yanvarda SSSR Fanlar akademiyasi prezidentining buyrugʻi bilan maxsus muammolarni hal qilish uchun yangi tashkil etilgan institutga oʻtkaziladi.

1996-yilda Moskva shahrida vafot etgan. MirimanovNovodevichy qabristoniga dafn qilingan.

Mukofot va unvonlari

[tahrir | manbasini tahrirlash]