Rudina Hajdari
Rudina Hajdari | |
---|---|
Albaniya parlamenti aʼzosi | |
Mansab davri 9-sentyabr 2017-yil | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
Rudina Azem Hajdari 15-avgust 1987-yil[1] Tirana, Albaniya |
Millati | Alban |
Siyosiy partiyasi |
Albaniya Demokratik partiyasi (2017-2019) Mustaqil (2019–2021) Nisma Thurje (2021-hozirga qadar) |
Istiqomat joy(lar)i | Tropojë, Albaniya |
Rudina Hajdari — alban siyosatchisi, ilgari Albaniya Respublikasi Assambleyasi aʼzosi boʻlib ishlagan. Albaniyada kommunizmning qulashiga olib kelgan 1990—1991-yillardagi talabalar harakatiga rahbarlik qilgan marhum Azem Hajdarining qizi boʻlib, u 2017-yil 9-sentyabrda mamlakat poytaxti Tirana hududi vakili sifatida Albaniya majlisi aʼzoligiga qoʻshilgan.
Hayoti
[tahrir | manbasini tahrirlash]1998-yilda otasi oʻldirilganidan soʻng, Rudina Hajdari oʻqishni davom ettirish uchun AQShga koʻchib oʻtgan. U Fordham universitetida oʻqigan va 2009-yilda siyosatshunoslik boʻyicha bakalavr darajasini, soʻngra London Kings kollejida geosiyosat, hudud va xavfsizlik boʻyicha magistrlik darajasini olgan. Keyinchalik, Rudina Hajdari Kolumbiya universitetida inson huquqlari boʻyicha ikkinchi magistrlik darajasini qoʻlga kiritgan. Keyinchalik Rudina Hajdari Kolumbiya universitetining Harriman nomidagi Rossiya, Yevroosiyo va Sharqiy Yevropa tadqiqotlari institutida Donald J. Trump va Vladimir V. Putinning tegishli prezidentliklari davrida Gʻarbiy Bolqon davlatlarida yuzaga kelgan muammolar haqida soʻzlagan. Hajdariy, shuningdek, Newsweek jurnali kabi nashrlarda mintaqadagi muammolar haqida koʻplab maqolalarni nashr ettirgan[2][3][4].
Rudina Hajdari Nyu-Yorkning 16-okrugi boʻyicha AQSh Kongressi Vakillar palatasining reytingli aʼzosi[5] boʻlgan kongressmen Eliot L. Engelning xodim hamkori boʻlib ishlagan. U ayni paytda Qoʻshma Shtatlar Vakillar palatasining Tashqi ishlar qoʻmitasi raisi sifatida ham faoliyat olib boradi[6].
AQSh Kongressidagi qisqa tajribasidan soʻng, Rudina Hajdari otasi asos solgan partiyani qayta tiklash va uning avvalgi shon-shuhratini tiklashga yordam berish maqsadida Albaniyaga qaytishga qaror qilgan[7].
Siyosiy karyerasi
[tahrir | manbasini tahrirlash]2017-yil iyun oyida u Tiranadagi Demokratik partiya rahbari Basha bilan birga parlament aʼzoligiga nomzodini qoʻyishi haqida eʼlon qilingan. Nomzodlar roʻyxatida Rudina Hajdari ishonchli mavqega ega boʻlgan, demokratlar tomonidan parlamentga olib kelingan, yangi taniqli shaxslardan biri sifatida etirof etilgan.
Sentyabr oyida u Tashqi siyosat qoʻmitasi va Yevropa integratsiyasi qoʻmitasi aʼzosi etib tayinlangan. Koʻp yillar xorijda yashaganligi uchun, deputatlik faoliyati davomida koʻpchilikdan tarkib topgan ommaviy uchrashuvlardagi chiqishlarida nutq soʻzlashda bir qator qiyinchiliklarga duch kelgan.
2018-yil dekabr oyida Albaniyadagi umummilliy talabalar norozilik namoyishlaridan soʻng, u oʻzining partiya qarorini buzgan va talaba bilan bogʻliq vaziyatni hal qilish uchun parlamentga boykot eʼlon qilgan, talabalarni qoʻllab-quvvatlashini maʼlum qilgan hamda oʻz vakolatlaridan voz kechib, namoyishlarga qoʻshilishga tayyorligi haqida aytib oʻtgan[8]. Ommaviy eʼlonda u Albaniya yangi harakatga muhtojligini va Demokratik partiya aʼzoligidan chiqishni oʻylayotganini aytgan, chunki bu partiya faoliyati endilikda odamlar tomonidan maʼqullanmay qoʻyilgan edi[9].
Sobiq Demokratik partiya yetakchisi Lulzim Boshaning 2019-yil 18-fevraldagi vakolatidan voz kechish va parlamentdagi Demokratik partiya rahbari lavozimidan boʻshash haqidagi qaroridan soʻng[10], 11-mart kuni Amerika Ovozi tomonidan efirga uzatilgan intervyuda[11] Rudina Hajdari partiyaning parlamentni ommaviy ravishda tark etish qaroriga keskin norozilik bildirgan. Shuningdek intervyuda Hajdariy partiyaning qolgan 41 deputati bu harakatga qoʻshilmasligini tasdiqlagan. Rudina Hajdari oʻz qarshilik fikrlarining asosiy sababini Lulzim Boshaning Albaniya poytaxtida olib borayotgan shiddatli norozilik namoyishlari[12][13][14], Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati boʻyicha Oliy vakili Federica Mogherini va Yevropa Ittifoqining kengayish boʻyicha komissari Johannes Hahn tomonidan ham keng koʻlamli xalqaro qoralashlar keltirganligi bilan izohlangan.
Manbalar
[tahrir | manbasini tahrirlash]- ↑ „Kuvendi i Shqipërisë“. 2020-yil 3-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyun.
- ↑ „Can one handshake end decades of self-interested macho politics?“ (en). Newsweek (2017-yil 17-iyun). 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-fevral.
- ↑ „Op-Ed: The Perfect Storm“ (en-US). Balkanist (2017-yil 11-aprel). 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-fevral.
- ↑ „Op-Ed: Protests, Post-Communism and Compromise in Albania“ (en-US). Balkanist (2017-yil 30-mart). 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-fevral.
- ↑ „Congressman Eliot Engel : Our District“. engel.house.gov. 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-fevral.
- ↑ „Chairman - House Foreign Affairs Committee“. foreignaffairs.house.gov. 2019-yil 7-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 6-fevral.
- ↑ „Albanian Anti-Communist Leader's Daughter Enters Politics :: Balkan Insight“ (2017-yil 16-fevral). 2017-yil 22-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-iyun.
- ↑ „Albanian Daily News“. 2019-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
- ↑ „Albanian Daily News“. 2019-yil 4-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 3-fevral.
- ↑ „Albania Opposition MPs to Quit 'Mafia' Parliament“ (en-US). Balkan Insight (2019-yil 18-fevral). 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
- ↑ Intervistë me deputeten Rudina Hajdari (alban), 2019-04-23da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2019-04-23
- ↑ „Protests Against Rama's Government Turn Violent in Albania“ (en-US). Balkan Insight (2019-yil 16-fevral). 2019-yil 5-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
- ↑ „Albania Opposition Supporters Clash with Police During Protest“ (en-US). Balkan Insight (2019-yil 16-mart). 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
- ↑ Caucaso. „Albania: the day after the protest of the opposition“ (it). Osservatorio Balcani e Caucaso. 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.